Dunyoda koronavirus qurbonlarining umumiy soni 600 mingdan oshdi

Dunyo bo’ylab koronavirus qurbonlarining umumiy soni 604 960 nafarga yetdi. Virus bilan kasallanganlar soni 14 mln 429 mingni tashkil qilmoqda. 8 mln 620 mingdan ortiq bemor sog’aydi.

1457620
Dunyoda koronavirus qurbonlarining umumiy soni 600 mingdan oshdi

 

Dunyo bo’ylab koronavirus qurbonlarining umumiy soni 604 960 nafarga yetdi. Virus bilan kasallanganlar soni 14 mln 429 mingni tashkil qilmoqda. 8 mln 620 mingdan ortiq bemor sog’aydi.

Bugungi kunda Braziliya koronavirusga chalinish va o‘limlar soni bo‘yicha dunyoda AQShdan keyin 2-o‘rinni egallamoqda. Ayni vaqtda mamlakatda virusga chalinganlar soni 2 mln 74 ming 860 nafarni tashkil qilmoqda. Mamlakatda so’nggi bir kunda 921 nafar bemor koronavirus tufayli vafot etdi. Shu bilan virus qurbonlarining umumiy soni 78 772 nafarni tashkil qilmoqda.

Meksikada so’nggi bir kunda COVID-19 tufayli 578 bemor vafot etdi. Mamlakat bo’ylab virus qurbonlarining umumiy soni 38 888 nafarga yetdi. Ayni vaqtda mamlakatda virusga chalinganlar soni 7615 nafarga oshib, ularning umumiy soni 338 913 nafarni tashkil qilmoqda.

Yevropada virus o’chog’iga aylangan Buyuk Britaniyada koronavirusdan vafot etganlar soni 45 273 nafarni tashkil qilmoqda. Ayni vaqtda koronavirusga chalinganlar soni 294 ming 66 nafarga yetdi. Mamlakat bosh vaziri Boris Jonson ikkinchi ommaviy karantinga ehtiyoj borligini ma’lum qildi.

Italiya koronavirusdan kasallanganlar va vafot etganlar soni bo‘yicha dunyoda hamon yetakchi davlatlardan biri. Mamlakatda koronavirusdan vafot etganlar soni so’nggi bir sutkada 14 nafarga oshib, ularning umumiy soni 35 042 nafarga yetdi. So’nggi bir kunda koronavirusdan kasallanish bilan bog’liq 249ta yangi holat qayd etildi. Ayni vaqtda virusdan kasallanganlar soni 12 368 nafarni tashkil qilmoqda.
Ispaniyada shu kungacha 28 ming 420 kishi virus qurboniga aylandi. Ayni vaqtda mamlakatda virusga chalinganlarning umumiy soni 260 255 nafarni tashkil qilmoqda. Sog’liqni saqlash vazirligi ma’lum qilishicha, Kataloniya avtonom boshqaruvida COVID-19 epidemiyasining tarqalish darajasi kundan kunga ortib bormoqda. Kataloniyada so’nggi bir kunning o’zida 226 kishiga koronavirusdan kasallanish tashxisi qo’yildi. Ayni vaqtda Kataloniyada virusga chalinganlarning umumiy soni 81 932 nafarni tashkil qilmoqda.

Mahalliy matbuotda tarqatilgan xabarlarga ko’ra, ayniqsa Barselonada karantin choralari kuchayish ehtimoliga qarshi insonlar shaharni tark etmoqda.

 

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #koronavirus , #COVID-19

Aloqador xabarlar