Covid – 19 dan eng ko‘p o‘lim holati 14 ming 29 nafar bilan Janubiy Afrikda kuzatildi

Yangi turdagi koronavirus Covid – 19 pandemiyasidan eng ko‘p o‘lim holati 14 ming 29 nafar bilan Janubiy Afrikda kuzatildi.

1456969
Covid – 19 dan eng ko‘p o‘lim holati 14 ming 29 nafar bilan Janubiy Afrikda kuzatildi

Dunyoda yangi turdagi koronavirus pandemiyasidan vafot etganlarning umumiy soni 593 ming 430, o‘ziga virus yuqtirib olganlar soni 13 million 977 ming, sog‘ayib ketganlar soni esa 8 million 304 ming nafarni ortda qoldirdi.

Hindistonda oxirgi 24 soatda 694 kishining vafot etishi bilan Covid – 19 dan jon berganlar soni 25 ming 622 nafarga yetdi. Holat soni oxirgi 24 soatda 31 ming 124 nafarga ortgan holda 1 million 5 ming 871 nafarga chiqdi.

Rossiyada pandemiya yuzasidan bir kunda o‘lim holati 186 nafarga ortgan holda 12 ming 123, yana 6 ming 406 kishida Covid – 19 aniqlanishi orqali holat soni 759 ming 203 nafarga yetdi.

Xitoyda oxirgi 24 soatda Covid – 19 o‘lim holati qayd etilmas ekan yangi 10 holat kuzatildi. Holatning umumiy soni 83 ming 622 nafarga ko‘tarilgan Xitoyda bugungacha 4 ming 634 kishi virusdan jon berdi.

Janubiy Koreyada esa yana 2 kishining Covid – 19 dan vafot etishi bilan ular soni 293 nafarga yetdi. Yangi 60 holat bilan koronavirusga chalinganlar soni 13 ming 672 nafar.

Eronda oxirgi bir kunda Covid – 19 tufayli vafot etganlar soni 183 nafarga ortgan holda 13 ming 791, holat soni esa 2 ming 379 nafarga ortgan holda 269 ming 440 nafarga yetdi.

Pandemiyada 3 ming 522 kishi vafot etgan, 86 ming 148 kishi o‘zga virus yuqtirib olgan Iroqda, Covid – 19 yuzasidan yo‘lga qo‘yilgan cheklovlar yengillashtirildi. Bu asosda anchadan beri xizmat bermagan aeroportlar va savdo markazlarining takror xizmatga ochilishi haqida qaror qabul qilindi.    

Arab o‘lkalarida yangi turdagi koronavirus tufayli vafot etganlar va o‘ziga virus yuqtirib olganlar soni quyidagicha:

Ummonda 290/ 62 ming 574, Quvaytda 402/ 57 ming 668, Qatarda 152/ 105 ming 477, Tunisda 50/ 327.

Covid – 19 dan 4 kishi vafot etgan, 1 ming 453 kishi o‘ziga virus yuqtirib olgan Ruandada pandemiya tadbirlari doirasida yo‘lga qo‘yilgan cheklovlar shu jumladan, ibodatxonalarda jamoat bilan birgalikda namoz o‘qishni man etgan qoidalar bekor qilindi.

Afrika qit’asida esa pandemiyadan vafot etganlar soni 14 ming 29, o‘ziga virus yuqtirib olganlar soni esa 18 ming 57 nafarga ortgan holda 646 ming 973 nafarga yetdi.

Covid – 19 dan bugungacha eng ko‘p o‘lim holati 14 ming 29 nafar bilan Janubiy Afrikda kuzatilar ekan Misrda 4 ming 67, Jazoirda 1 ming 40 kishi vafo tetdi. Seyshel orollari, Eritreya va Ugandada bugungacha o‘lim holati kuzatilmadi.

Janubiy Afrikada holat soni 311 ming 49, Misrda 84 ming 843, Nigeriyada 34 ming 259.

Afrikada o‘ziga virus yuqtirib olgan 355 ming 800 kishi sog‘ayib ketdi.  



Aloqador xabarlar