Dunyoda Covid – 19 ga chalinganlar soni 13 million 266 mingdan ortdi

Dunyoda yangi turdagi koronavirus (Covid – 19) ga chalinganlar soni 13 million 266 mingdan ortdi.

1454913
Dunyoda Covid – 19 ga chalinganlar soni 13 million 266 mingdan ortdi

Dunyoda yangi turdagi koronavirus pandemiyasidan vafot etganlarning umumiy soni 576 ming 285 o‘ziga virus yuqtirib olganlar soni 13 million 266 ming 196, sog‘ayib ketganlar soni esa 7 million 732 ming 863 nafarni ortda qoldirdi.

Hindistonda o‘lim holati 23 ming 788, holat soni esa 911 ming 629 nafarga yetdi.

Pandemiya boshlaganidan beri 4 ming 634 kishi vafot etgan Xitoyda oxirgi 24 soatda o‘lim holati qayd etilmadi lekin chet ellik 3 kishiga Covid – 19 tashhisi qo‘yildi. Bu orqali holat soni 83 ming 605 nafar deb qayd etildi.

Janubiy Koreyada Covid – 19 pandemiyasi yuzasidan 289 kishi vafot etdi. Mamlakatda oxirgi 24 soatda 19 nafari chet ellik jami 33 kishida Covid – 19 holati kuzatildi. Bu orqali o‘ziga virus yuqtirib olganlar soni 13 ming 512 nafarga yetdi.

Rossiyada 11 ming 614 kishi vafot etdi va holat soni 739 ming 947 nafarga yetdi. Inson salomatligi va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish xizmati rahbari Anna Popova imzolagan qarorga ko‘ra, 15 – iyuldan e’tiboran Rossiyaga kirgan chet el fuqarolardan Covid - 19 tufayli 2 haftalik o‘zini o‘zi izolyatsiya qilish talabi bekor qilingan. Rus fuqarolari mamlakatga kirganidan keyin 3 kun ichida Covid-19 testidan o‘tishga majbur. Rossiyaga borgan chet elliklar esa chegarada Covid – 19 ga chalinmaganligi haqida ingliz yoki rus tilida kamida 3 kun oldin olingan salomatligi haqidagi hujjatni ko‘rsatishga majbur. Agar hujjat bo‘lmasa unda mamlakatga kirganidan e’tiboran 3 kun ichida Covid – 19 testidan o‘tishga majbur.

Roppa – rosa 368 o‘lim holati qayd etilgan Isroilda oxirgi 24 soatda yangi 1 ming 681 holat aniqlandi. Bu vaziyat, mamlakatda birinchi virus aniqlangan 21 – fevraldan beri qayd etilgan eng yuqori kundalik ko‘rsatkich hisoblanadi. Yangi holatlar bilan mamlakatda bemorlar soni 41 ming 235 nafarga yetdi. Pandemiya bo‘yicha ikkinchi to‘lqin ta’siriga kirgan mamlakatda, faol holat soni ham oxirgi kunlardagi jadal o‘sish bilan 21 ming 393 nafar bo‘ldi.  

Falastinda Covid – 19 dan yana 5 kishi vafot etdi va yangi 404 holat aniqlandi. Shu orqali virus yuzasidan vafot etganlar soni 41, holat soni esa 7 ming 441 nafar.

Qariyb 13 ming o‘lim holati, 260 ming bemorlar soni qayd etilgan Eron potaxti Tehronda Covid – 19 yuzasidan jome’ masjidlaridan tashqari universitetilar, maktablar, sport zallari, qahvaxonalar va ko‘ngil ochish joylari kabi makonlar bir haftaligiga bekitildi. Shaharda bir haftagacha ta’ziya, to‘y – tomosha, ijtimoiy, madaniy va diniy har qanday tadbir man etildi.

Dunyoning ba’zi davlatlaridagi o‘lim holatlari esa quyidagicha:

Pokiston 5 ming 320, Janubiy Afrika 4 ming 172, Misr 3 ming 935, Indoneziya 3 ming 656, Iroq 3 ming 250, Bangladesh 2 ming 391, Saudiya Arabistoni 2 ming 243, Filippin 1 ming 599, Ukraina 1 ming 412, Belarus 468, Kuvayt 393 , Qozog‘iston 375, Birlashgan Arab Amirliklari 334, Ummon 259 va Qatar 149.



Aloqador xabarlar