Namibyada, yangi turdagi koronavirus tufayli ilk o‘lim holati qayd etildi

Dunyoda yangi turdagi koronavirus pandemiyasidan vafot etganlarning umumiy soni 561 ming nafarga yetdi.

1453125
Namibyada, yangi turdagi koronavirus tufayli ilk o‘lim holati qayd etildi

Dunyoda yangi turdagi koronavirus pandemiyasidan vafot etganlarning umumiy soni 561 ming, o‘ziga virus yuqtirib olganlar soni 12 million 584 ming, sog‘ayib ketganlar soni esa 7 million 315 nafarni ortda qoldirdi.

2 ming 882 kishi vafot etgan, 69 ming 612 holat qayd etilgan Iroqda Kuchlar birligi ittifoqi deputati Geyda Kembesh, yangi turdagi koronavirus tufayli vafot etdi. Geyda Kembesh ayni vaqtda Oliy ta’lim kengashi komissiyasi rahbarligi vazifasini ham olib borayotgandi. Mamlakatda qariyb 59 deputatning Covid – 19 dan vafot etgani iddio etilmoqda.

Janubiy Afrika Respublikasida, oxirgi 24 soatda 140 kishi virus yuzasidan vafot etdi. Bu orqali ularning umumiy soni 3 ming 860 nafarga yetdi. Bir kunda 12 ming 349 kishi o‘ziga virus yuqtirib olgan mamlakatda holat soni 250 ming 687 nafarni tashkil etdi.

Janubiy Afrika mamlakatlaridan Namibyada, yangi turdagi koronavirus tufayli ilk o‘lim holati qayd etildi. Ilk Covid-19 holati 116 kun oldin aniqlangan mamlakatda 615 kishi davolanmoqda.



Aloqador xabarlar