Covid-19ga qarshi kurash qoidalariga amal qilinmagudek bo‘lsa pandemiya davom etadi

Covid-19ga qarshi kurash qoidalariga amal qilinmagudek bo‘lsa pandemiya davom etadi. Bu haqida JSSTning Rossiyadagi vakili Vyunovich, Rossiyadagi vaziyat haqida ma'lumot berar chog‘ida gapirdi.

1452746
Covid-19ga qarshi kurash qoidalariga amal qilinmagudek bo‘lsa pandemiya davom etadi

Dunyoda yangi turdagi koronavirus pandemiyasidan vafot etganlarning umumiy soni 558 ming 91, o‘ziga virus yuqtirib olganlar soni 12 million 420 ming, sog‘ayib ketganlar soni esa 7 million 246 nafarni ortda qoldirdi.

Rossiyada Covid – 19 dan bugungacha vafot etganlarning umumiy soni 11 ming 17 nafarni tashkil etar ekan mamlakatda jami 713 ming 936 kishi o‘ziga virus yuqtirib oldi. Jahon Sog‘likni Saqlash tashkilotining Rossiyadagi vakili Melita Vuynovich, oxirgi ikki haftadan beri mamlakatda kundalik Covid – 19 holat sonining 6 mingdan kamayishining yaxshilik belgisi ekanligini qayd etdi. Vuynovich shuningdek, 145 millionlik aholi sonining 10 foizi qoidalarga amal qilishdan bosh tortgudek bo‘lsa unda pandemiya jarayonining davom etishini bildirdi.  

Hindistonda oxirgi 24 soatda yana 475 kishining vafot etishi bilan Covid – 19 dan vafot etganlarning umumiy soni 21 ming 654, holatning umumiy soni esa 798 ming 128 nafar bo‘ldi.

Eronda Covid – 19 pandemiyasi yuzasidan jon berganlarning umumiy soni 12 ming 305 deb qayd etilar ekan mamlakatdagi holat soni 250 ming 458 nafar.

Qatarda yana 4 kishi vafot etdi, 557 kishi esa o‘ziga virus yuqtirib oldi. Vafot etganlar soni 142, holat soni esa 102 ming 110 nafarga chiqdi.

Virus tufayli Quvaytda oxirgi bir kunda 3 kishi vafot etdi, holat soni 833 nafarga ko‘paygan holda 52 ming 840 nafar bo‘ldi. Vafot etganlarning umumiy soni esa 382 nafar deb qayd etildi.

Birlashgan Arab Amirliklarida Covid – 19 dan yana bir kishi vafot etdi va yangi 532 holat aniqlandi. Mamlakatda vafot etganlar soni 328, holat soni esa 53 ming 577 nafarga yetdi. 

Covid – 19 dan 36 kishi vafot etgan Livanda yana 66 kishining o‘ziga virus yuqtirib olishi bilan holat soni 2 ming 11 nafar bo‘ldi. 

Virus tufayli 50 kishi vafot etgan Tunisda yana 10 kishining o‘ziga virus yuqitrib olishi bilan holat soni 1 231 nafarga chiqdi.

Iroqda oxirgi 24 soatda Covid – 19 dan 103 o‘lim holati qayd etildi va bu orqali vafot etganlarning umumiy soni 2 ming 882 nafarga chiqdi. Mamlakatda 2 ming 170 yangi holat bilan bemorlarning umumiy soni 39 ming 502 nafarga yetdi.

Janubiy Afrika Respublikasida oxirgi bir kunda 129 kishi virus tufayli vafot etdi, bu orqali ularning umumiy soni 3 ming 720 nafar deb qay detildi. Oxirgi 24 soatda 13 ming 674 kishiga Covid – 19 tashhisi qo‘yildi va holat soni 238 ming 339 nafarga yetdi.

Covid – 19 pandemiyasi bo‘yicha oxirgi 24 soatda Xitoyda 4, Janubiy Koreyada 45 yangi holat aniqlandi.

Isroilda 24 soatda Covid – 19 tashhisi qo‘yilgan yana 4 bemorning vafot etishi bilan o‘lim holati soni 350 nafarga yetdi. Mamlakatda yangi 1 464 holatning aniqlanishi bilan holatning umumiy soni 35 ming 631 nafarga yetdi.  

Dunyoning ba’zi davlatlaridagi vafot etganlar soni esa quyidagicha:

Pokistonda 5 ming 58, Xitoyda 4 ming 634, Misrda 3 ming 617, Indoneziya 3 ming 417, Bangladeshda 2 ming 238, Saudiya Arabistonida 2 ming 100, Ukrainada 1345, Filippinda 1314, Belorusiyada 449, Qozog‘istonda 264.



Aloqador xabarlar