BMT Xavfsizlik kengashi Rossiyaning Suriyaga yordam bo'yicha taklifini rad etdi

Rossiya Suriyaga transchegaraviy insonparvarlik yordamini faqat bitta chegara punktidan oʻtkazishni taklif qilmoqda.

1452033
BMT Xavfsizlik kengashi Rossiyaning Suriyaga yordam bo'yicha taklifini rad etdi

 

Rossiya va Xitoy Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik kengashining Suriyaga transchegaraviy insonparvarlik yordamini yana bir yilga uzaytirishni koʻzda tutuvchi rezolyutsiyani veto qildi. Rossiyaning faqat olti oy moddatga bitta chegara punktidan insonparvarlik yordami yetkazish to’g’risidagi taklifi esa Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik kengashida qabul qilinmadi.

Transchegaraviy insonparvarlik yordamini oʻtkazish uchun ruxsat 2014-yildan beri mavjud boʻlib, u vaqti-vaqti bilan uzaytirib kelingan. Uning soʻnggi muddati 10-iyul kuni oʻz nihoyasiga yetadi. Rossiya Suriyaga transchegaraviy insonparvarlik yordamini faqat bitta chegara punktidan oʻtkazishni taklif qilmoqda.

Rossiyaning Suriyaga Turkiyaning Jilvego’zu chegara punktiga tutash "Babulhava"dan faqatgina 6 oy muddatga transchegaraviy insonparvarlik yordamini oʻtkazish to’g’risidagi taklifi Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik kengashida zarur bo’lgan 9 ovozni to’play olmagani uchun rad etildi.

AQSh, Fransiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Belgiya, Estoniya va Dominik Respublikasi taklifga qarshi ovoz berdi. Tunis, Niger, Indoneziya va Sent-Vinsent esa betaraf bo’ldi. Rossiya, Xitoy, Vetnam va Janubiy Afrika taklifni qo’llab ovoz berdi.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik kengashining mavjud qaroriga binoan, hozirda Suriyaga faqat Turkiyaning ikki chegara punkti orqali, jumladan O’njupinardagi “Babusselame” va Jinvego’zudagi “Babulhava” punktidan transchegaraviy insonparvarlik yordamlari o’tkaziladi.

Rossiya va Xitoyning vetosidan so’ng, ikki chegara punkti 10 iyulda ruxsat muddati to’lishi tufayli, boshqa qaror olinguniga qadar yopiladi. Shu bilan birga, taxminan 3 mln Suriya aholisi uchun o’ta muhim bo’lgan shoshilinch insonparvarlik yordamlari to’xtatiladi.

Birlashgan Millatlar Tashkilotiga ko’ra, hozirda Suriya shimoli-g’arbida joylashgan Idlib viloyatidagi 3 mln aholining 70 foizi shoshilinch insonparvarlik yordamiga muhtoj vaziyatda.

 

 



Aloqador xabarlar