Rossiya va Xitoy Suriyaga transchegaraviy yordam yetkazish to’g’risidagi rezolyutsiyani veto qildi

Birlashgan Millatlar Tashkilotiga ko’ra, hozirda Suriya shimoli-g’arbida joylashgan Idlib viloyatidagi 3 mln aholining 70 foizi shoshilinch insonparvarlik yordamiga muhtoj vaziyatda.

1451016
Rossiya va Xitoy Suriyaga transchegaraviy yordam yetkazish to’g’risidagi rezolyutsiyani veto qildi

 

Rossiya va Xitoy Suriyaga transchegaraviy gumanitar yordam yetkazish to’g’risidagi rezolyutsiyani veto qildi.

Ushbu rezolyutsiya Suriyada taxminan 3 mln aholini xalqaro insonparvarlik yordami bilan ta’minlashga xizmat qilardi.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashi Suriyada transchegaraviy gumanitar operatsiyalarni 2014 yil iyul oyida boshlashga qaror qilgandi, uning muddati joriy yilning 10 iyulida to’ladi. Shu sababli BMT Xavfsizlik Kengashi mazkur mexanizmning muddatini uzaytirishni ovozga qo’ydi.  Ovoz berish jarayoni pandemiya tufayli online bo‘lib o‘tdi. 

Rossiya va Xitoy ushbu hujjatga "qarshi" ovoz berishdi. Kengashning 13 a’zosi qo’llab-quvvatlab ovoz berdi. Rezolyutsiya loyihasi Xavfsizlik Kengashining doimiy a’zolari tomonidan qarshi “ovoz berilishi” tufayli qabul qilinmadi.

Shu bilan rezolyutsiya homiylari – Germaniya va Belgiya tomonidan Xavfsizlik Kengashiga taqdim etilgan loyiha Rossiya va Xitoy tomonidan veto qilingan bo’ldi.

Suriyaga Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashi qaroriga binoan, faqatgina Turkiyaning ikki chegara punkti orqali xalqaro insonparvarlik yordamlari olib o’tilayotgandi.

Endilikda, Rossiya va Xitoyning vetosi tufayli Suriyaga Turkiyaning ikki chegara punkti orqali 10 iyuldan e’tiboran transchegaraviy gumanitar yordamlar o’tkazilmaydi.

Suriyaga transchegaraviy gumanitar yordamlar yetkazilishi uchun Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashi qarori zarur bo’ladi.

Birlashgan Millatlar Tashkilotiga ko’ra, hozirda Suriya shimoli-g’arbida joylashgan Idlib viloyatidagi 3 mln aholining 70 foizi shoshilinch insonparvarlik yordamiga muhtoj vaziyatda.

 

 



Aloqador xabarlar