Dunyoda koronavirus qurbonlari soni 537 mingdan oshdi

Dunyoda koronavirus bilan kasallanganlar soni 11 mln 571 mingga yetdi. 6.5 mlndan ortiq bemor sog’aydi.

1449671
Dunyoda koronavirus qurbonlari soni 537 mingdan oshdi
süper covid19.jpg
KORONA SÜPER
SüPER FOTO KORONA İSPANYA.6.jpg

 

Dunyo bo’ylab koronavirus qurbonlarining umumiy soni 537 mingdan oshdi. Virus bilan kasallanganlar soni 11 mln 571 mingga yetdi. 6.5 mlndan ortiq bemor sog’aydi.

AQSh koronavirusdan o‘limlar soni bo‘yicha hamon dunyoda birinchi o‘rinda turibdi. Mamlakatda koronavirus qurbonlarining umumiy soni 132 569 nafarni tashkil qilmoqda. Virus bilan kasallanganlarning umumiy soni esa, 3 mlnga (2 mln 982 928) yaqinlashdi.

Bugungi kunda Braziliya koronavirusga chalinish va o‘limlar soni bo‘yicha dunyoda AQShdan keyin 2-o‘rinni egallamoqda. Ayni vaqtda mamlakatda virusga chalinganlar soni 1 mln 603 000dan oshib ketdi, vafot etganlar soni 64 867 nafarni tashkil qilmoqda. So’nggi bir kunda 602 kishi virus qurboniga aylandi.

Meksikada so’nggi bir kunda COVID-19 tufayli 273 bemor vafot etdi. Mamlakat bo’ylab virus qurbonlarining umumiy soni 30 639 nafarga yetdi. Ayni vaqtda bir sutkada koronavirusdan kasallanish bilan bog’liq 4683 ta yangi holat qayd etildi. Shu bilan mamlakatda virusga chalinganlar soni 256 848 nafarni tashkil qilmoqda.

Yevropada virus o’chog’iga aylangan Buyuk Britaniyada so’nggi bir kunda 22 bemor virus qurboniga aylandi. Mamlakat bo’ylab koronavirusdan vafot etganlarning umumiy soni 44 220 nafarni tashkil qilmoqda. Ayni vaqtda koronavirusdan kasallanish bilan bog’liq 516ta yangi holat qayd etilgan bo’lib, ularning umumiy soni 285 ming 416 nafarga yetdi.


Tanlangan kalimalar: #koronavirus , #COVID-19

Aloqador xabarlar