Pokistonning Karachi shahrida hujum sodir etildi

Ushbu voqea 29 iyun mahalliy vaqt bilan soat 10:40 atrofida yuz bergan. Bir guruh qurolli jangarilar Karachidagi ko’chmas mulk birjasi (PSX) binosiga qo’lbola bomba otgan, so’ngra atrofga o’t ochgan holda bino ichiga bostirib kirishgan.

1445238
Pokistonning Karachi shahrida hujum sodir etildi

 

Pokistonning Karachi shahrida ko’chmas mulk birjasiga (PSX) hujum sodir etildi.

Hujum oqibatida 5 kishi halok bo’ldi, 4 jangari yo’q qilindi.

Ushbu voqea 29 iyun mahalliy vaqt bilan soat 10:40 atrofida yuz bergan. Bir guruh qurolli jangarilar Karachidagi ko’chmas mulk birjasi (PSX) binosiga qo’lbola bomba otgan, so’ngra atrofga o’t ochgan holda bino ichiga bostirib kirishgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko’ra, otishmalarda bir politsiyachi va 4 nafar xavfsizlik xodimi halok bo’lgan, 3 nafar tinch aholi vakili jarohat olgan.

Sindh viloyati xavfsizlik boshqarmasi rahbari Mushtoq Ahmad Mahar ma’lum qilishicha, binoga bostirib kirgan 4 jangari o’ldirilgan, xavfsizlik kuchlari bino atrofini o’rab olgan. Tergov-surishtiruv harakati olib borilmoqda.

Ta’kidlanishicha, hujumni sodir etgan shaxslar politsiya formasida bo’lishgan. Ularning yonida portlovchilarga to’la sumka topilgan.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Pokiston , #hujum , #Karachi

Aloqador xabarlar