Lavrov: “Liviyada o‘q uzishni to‘xtatishdan boshqa yo‘l yo‘q.”

Lavrov Xitoy Tashqi Ishlar vaziri Vang Yi va Hindiston Tashqi Ishlar vaziri Subrahmanyam Jaishankar bilan videomuloqat orqali uchrashuv o‘tkazganidan keyin matbuot anjumani uyushtirdi.

1441627
Lavrov: “Liviyada o‘q uzishni to‘xtatishdan boshqa yo‘l yo‘q.”

Rossiya Tashqi Ishlar vaziri Sergey Lavrov, Liviyada o‘q uzishni to‘xtatishdan boshqa yo‘lning yo‘qligini qayd etdi. 

Lavrov Xitoy Tashqi Ishlar vaziri Vang Yi va Hindiston Tashqi Ishlar vaziri Subrahmanyam Jaishankar bilan videomuloqat orqali uchrashuv o‘tkazganidan keyin matbuot anjumani uyushtirdi.

Jurnalistlarning Liviyadagi vaziyat haqida bergan savoliga javob bergan Lavrov, oxirgi yillarda mamlakatdagi to‘qnashuvlarda bir tomonning ikkinchi tomonga qarshi harbiy ustunlik jihatidan almashib turganini, buning natijasida maydondagi vaziyatning to‘xtamay o‘zgarib turganini ma’lum qildi.

Lavrov,

“Shu bois ham Liviyada tezlik bilan o‘q uzishning to‘xtatilishi kerak. Bundan boshqa yo‘l yo‘q. Boshqa masalalarning hammasi muzokara jarayoni asosida Berlin konferentsiyasidagi deklaratsiyasida o‘rin olgan tushuncha bilan ta’minlanishi mumkin” degan ifodalarga o‘rin berdi.  

Rossiyaning, Liviyani tashkil etgan uch mintaqaning manfaatlari e’tiborga olingan holda muammoning Liviya xalqining qarori bilan hal qilinishi kerakligi fikrini qo‘llab – quvvatlaganini eslatib o‘tgan Lavrov, tashqi kuchlarning esa Liviyada barcha tomonlar o‘rtasida maxsus muloqatning qurilishi uchun maqul shart yaratishga yordam berishi kerakligini bildirdi.

Yaqindagina Tashqi Ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘lu va Misr Tashqi Ishlar vaziri Samih Shukri bilan telefon orqali muloqat qilganini eslatib o‘tgan Lavrov, har ikkala vazirning ham “tomonlar muzokara o‘tkazishi kerak” degan fikrda ekanligini ifoda etdi.



Aloqador xabarlar