Sharq mamlakatlari koronavirus bo’yicha so’ngi vaziyat

Dunyo bo’ylab Koronavirusning yangi turlari (Kovid-19) tufayli halok bo’lganlar soni 470 ming 822 oshdi.  Virusga chalinganlar soni 9 million 51 ming 950 nafarga yetar ekan,  sog’ayib ketganlar  soni 4 million 842 ming 43 kishini  tashkil etdi.

1440547

Iroqda yangi turdagi koronavirus (Kovid-19) tufayli so'nggi 24 soat ichida 87 kishi halok bo'lganidan keyin mamlakatda halok 1100 nafarga yetdi. Yana 646 odamda virus aniqlanib holatlar soni 30 ming 368 kishini tashkil qildi.

1877 kishi qurbon bo'lgan Janubiy Afrika Respublikasida, Kovid-19  tufayli so'nggi 24 soat ichida 4 966 odamda virus  aniqlangan. 92 ming 681 bemorga ega bo'lgan Janubiy Afrika Respublikasi, Afrikada Kovid-19 holatlari eng ko'p bo'lgan mamlakat bo'lib qolmoqda.

Kovid-19 tufayli 123 kishi vafot etgan Keniyada,  holatlar soni 4738 nafarga yetdi, oxirgi 24 soat ichida yana 260 kishi kasallangan.

Virusdan vafot etganlar soni Hindistonda 13 ming 703, Rossiyada 8 ming 111, Eronda 9 ming 623, Pokistonda 3 ming 590 va Saudiya Arabistonida 2627 kishi.

Tanlangan kalimalar: #Vaziyat , #Koronavirus , #Dunyo

Aloqador xabarlar