Hindistonda oxirgi 24 soatda yana 14 ming 516 kishida Covid – 19 holati aniqlandi

Covid – 19 ga qarshi kurash chora va tadbirlarining butun dunyoda asta - sekin yengillashtirila boshlashi ortidan holat soni ortdi.

1439763
Hindistonda oxirgi 24 soatda yana 14 ming 516 kishida Covid – 19 holati aniqlandi

Dunyoda yangi turdagi koronavirus pandemiyasidan vafot etganlarning umumiy soni 462 ming 691, o‘ziga virus yuqtirib olganlar soni 8 million 766 ming, sog‘ayib ketganlar soni esa 4 million 627 ming nafarni ortda qoldirdi.

Xitoy Milliy Sog‘likni Saqlash komissiyasi tomonidan berilgan bayonotga ko‘ra mamlakatda oxirgi 24 soatda yangi 27 holat aniqlangan, o‘lim holati esa qayd etilmagan. Yangi holatning 22 nafari Pekinda paydo bo‘lgan. Bu orqali Pekinda 11 – iyundan beri aniqlangan holat soni 205 nafarga yetgan. Xitoyda bugungacha jami 83 ming 352 Covid – 19 holati aniqlanganligi aytilgan bayonotda, virus tufayli jami 4 ming 634 kishi vafot etgan. O‘ziga virus yuqtirib olganlardan 78 ming 410 nafari esa sog‘ayib ketgan.

280 kishi vafot etgan Janubiy Koreyada Kasallikning oldini olish va nazorat qilish markaziga ko‘ra mamlakatda oxirgi 24 soatda yangi 67 holat aniqlangan. Bu orqali holatning umumiy soni 12 ming 373 nafarga yetgan.

935 kishi vafot etgan Yaponiyada, Abe Shinzo hukumati yangi turdagi koronavirus pandemiyasiga qarshi kurash asosida yo‘lga qo‘yilgan va poytaxt Tokio bilan atrofidagi viloyatlararo sayohatlardan uzoq turilishi haqidagi tavsiya qarorini bekor qildi. 

Rossiyada o‘lim holati 8 ming 2, bemorlar soni esa 576 ming 952 nafarga yetdi.

12 ming 970 kishi vafot etgan Hindistonda Sog‘likni Saqlash vazirligi tomonidan berilgan bayonotga ko‘ra oxirgi 24 soatda yana 14 ming 516 kishida Covid – 19 holati aniqlangan. Bu orqali mamlakatda holatning umumiy soni 395 ming 48 nafarga chiqqan. Mamlakat, dunyoda eng ko‘p holat kuzatilgan 4 davlat hisoblanadi.

Iroqda yangi turdagi koronavirus (Covid - 19) tufayli oxirgi 24 soatda 69 kishi jon berdi. Ulardan tashqari 1 ming 639 kishida yangi holat aniqlandi. Bu orqali mamlakatda vafot etganlarning umumiy soni 27 ming 352 nafarga yetdi.

Jazoirda Covid – 19 tufayli yana 14 kishining vafot etishi bilan ularning umumiy soni 825 nafarga yetdi. Yangi 119 holat bilan bemorlar soni 11 ming 504 nafar deb qayd etildi.

Bugungacha Covid – 19 dan 9 kishi vafot etgan Iordaniyada Sog‘likni Saqlash vazirligi tomonidan mavzu haqida yozma ravishda berilgan bayonotda yana 7 kishida Covid – 19 holati aniqlangan, 11 kishi esa koronavirusdan sog‘ayib ketgan. Bayonotda holat sonining 1 ming 8, sog‘ayib ketganlar sonining esa 708 nafar ekanligi aytildi.

Misrda yangi turdagi koronavirus tufayli yana 79 kishining vafot etishi bilan vafot etganlarning umumiy soni 2 ming 17, yangi 1 ming 774 holat bilan ularning umumiy soni 52 ming 211 nafar bo‘ldi.

Afrika qit’asida 7 ming 713 kishi vafot etdi. Covid – 19 holati soni 288 ming nafardan oshdi. Virusdan 487 kishi vafot etgan Nigeriyada holat soni 19 ming 147 nafarga yetdi. Janubiy Afrikada 1 ming 831, Sudanda 506 va Kamerunda esa 282 kishi vafot etdi. 

 



Aloqador xabarlar