AQShda Covid - 19 holati soni ikki milliondan oshdi

Amerika Qo‘shma Shtatlarida Covid – 19 ga qarshi kurash chora va tadbirlarining yengillashtirilishi ortidan holat soni ortdi.

1439080
AQShda Covid - 19 holati soni ikki milliondan oshdi

Dunyoda yangi turdagi koronavirus pandemiyasidan vafot etganlarning umumiy soni 456 ming 720, o‘ziga virus yuqtirib olganlar soni 8 million 599 ming, sog‘ayib ketganlar soni esa 4 million 549 ming nafarni ortda qoldirdi.

Pandemiyaning markaziga aylangan va 120 ming nafar qurbon bergan Amerika Qo‘shma Shtatlarida Covid – 19 ga qarshi kurash chora va tadbirlarining yengillashtirilishi ortidan Texas, Florida va Arizona bosh bo‘lish bilan birga 20 dan ortiq shtatda yangi holat sonida rekord qayd etildi. Mamlakatda holat soni 2 million 255 ming nafarga yetdi.

Pandemiyadan eng ko‘p ziyon ko‘rgan ikkinchi davlat Braziliyada, virus tufayli oxirgi 24 soatda 1 ming 238 kishining vafot etishi bilan mamlakatdagi virusdan vafot etganlar soni 47 ming 748 nafarga, holat soni 22 ming 765 nafarga ortib, 978 ming 142 nafarga chiqdi.

Italiyada Covid – 19 yuzasidan vafot etganlar soni bir kunda 66 nafarga ortgan holda 34 ming 514 nafarni tashkil etdi. Yangi 333 holat bilan bemorlar soni 23 ming 101, so‘ayib ketganlar soni esa 824 nafar.  

Fransiyada pandemiya tufayli oxirgi 24 soatda kasalxonalarda 28 kishining vafot etishi bilan qurbonlar soni 29 ming 603, bemorlar soni esa 467 nafarga ortgan holda 196 ming 46 nafarni tashkil etdi.  

Ispaniyada Sog‘likni Saqlash vazirligi oxirgi bir haftada vafot etganlar sonining 52 nafar ekanligini bayon etdi. Covid – 19 dan vafot etganlarning umumiy sonini 7 – iyundan beri 27 ming 136 nafarda ushlab, yangilay olmagan Sog‘likni saqlash vazirligi, oxirgi 24 soatda 143 nafarga ortgan holda holat sonining 245 ming 268 nafarga chiqqani qayd etdi.

Portugaliyada esa Covid – 19 dan oxirgi 24 soatda bir kishi vafot etar ekan pandemiyada jon berganlar soni 1 ming 524 nafarga yetdi. Yangi 417 holat aniqlangan mamlakatda bemorlarning soni esa 38 ming 89 nafarga yetdi.

Meksikada bir kunda vafot etganlar soni 667 nafarga ortgan holda 19 ming 747, o‘ziga virus yuqtirgan kishilar soni esa 5 ming 662 nafarga ortgan holda 165 ming 455 nafarni tashkil etdi.

Janubiy Amerika ovlkasi Ekvatorda Covid – 19 yuzasidan oxirgi 24 soatda yana 80 kishining vafot etishi bilan vafot etganlar soni 4 ming 87, yangi 607 holat orqali ularning umumiy soni 49 ming 97 nafarga chiqdi.

Peruda esa yana 204 kishining vafot etishi bilan o‘lim holati 7 ming 461 nafarga, holat soni esa 3 ming 480 nafarga ortgan holda 244 ming 388 nafarni tashkil etdi.   

Bolqon o‘lkalarida yangi turdagi koronavirus holatlarinnig takror ortishi bilan qayta chora va tadbirlar ko‘rila boshladi.  

Sloveniya hukumati, “Eksport Covid – 19 holatlari” aniqlanishi ortidan Bosniya va Gertsegovina, Serbiya va Kosovadan kirishlar uchun bugundan e’tiboran takror 14 kunlik karantin yo‘lga qo‘yildi.

May oyi oxirida faol holat kuzatilmagan lekin yakshanba kundan beri “ko‘pchiligi eksport” yangi 9 holat aniqlangan Chernogoriyada ham Bosniya va Gertsegovinadan kira turganlar uchun salbiy test natijasi sharti yo‘lga qo‘yildi. Chernogoriyada shunnigdek, kechadan beri ommaga ochiq joylarda niqob kiyish qoidasi talab qilinmoqda.

Kosovada yangi 77 holat aniqlanar ekan hukumat ham ba’zi choralar ko‘ra boshladi. Shu doirada ishchilarning niqob taqishi va ofislarda ijtimoiy masofaga amal qilinishi, ofislardagi kishilar sonining kamaytirilishi uchun uydan ish olib borish imkoni talab qilindi.



Aloqador xabarlar