Dunyoda koronavirus bilan kasallanganlar soni 8 mlndan oshdi

Dunyo bo’ylab koronavirus qurbonlarining umumiy soni 435 900dan oshdi. Virus bilan kasallanganlar soni 8 mln 13 mingdan oshdi. 4 mln 137 mingdan ortiq bemor sog’aydi.

1435971
Dunyoda koronavirus bilan kasallanganlar soni 8 mlndan oshdi

 

Dunyo bo’ylab koronavirus qurbonlarining umumiy soni 435 900dan oshdi. Virus bilan kasallanganlar soni 8 mln 13 mingdan oshdi. 4 mln 137 mingdan ortiq bemor sog’aydi.

AQSh koronavirusdan o‘limlar soni bo‘yicha hamon dunyoda birinchi o‘rinda turibdi. Mamlakatda koronavirus qurbonlarining umumiy soni 117 ming 858 nafarga yetdi. 25 mayda Jorj Floydning o’limidan so’ng boshlangan irqchilikka qarshi norozilik namoyishlari oqibatida koronavirusga chalinganlar sonida keskin ortish kuzatilgan. Ayni vaqtda AQSh bo’ylab virus yuqtirib olganlar soni 2 mln 162 228 nafarga yetdi.

Italiya virusdan kasallanganlar va vafot etganlar soni bo‘yicha dunyoda hamon yetakchi davlatlardan biri. Mamlakatda koronavirusdan vafot etganlar soni 34 345 nafarni tashkil qilmoqda.

Italiya TIV rahbari Luigi Di Maio COVID-19 epidemiyasidan keyin normal hayotga qaytish doirasida bugun 15 iyundan boshlab chegaralar ochilishini ma’lum qildi.

Fransiyada COVID-19 pandemiyasi tufayli bir sutkada 9 nafar bemor vafot etdi. Mamlakat bo’ylab koronavirus qurbonlarining umumiy soni 29 407 nafarni tashkil qilmoqda.

Virusga chalinganlar soni 407 nafarga oshib, ularning umumiy soni 194 625 nafarga yetdi.

Prezident Emmanyuel Makronning ta’kidlashicha, Fransiyada 15 iyundan boshlab, koronavirus sababli kiritilgan bir qator cheklovlar yengillashtiriladi. Mamlakatda 15 iyundan bolalar bog‘chalari, maktablar va kolledjlar odatiy tartibda barcha o‘quvchilarni qabul qilishga tayyor bo‘ladi. Bundan tashqari, Parijdagi kafe va restoranlar ishlashiga ruxsat beriladi. Bugundan e’tiboran Yevropa davlatlari bo’ylab sayohatlarga ruxsat beriladi. Yevropadan tashqari davlatlarga sayohat cheklovi 1 iyuldan bekor qilinadi.

Ispaniyada so’nggi bir haftada 26 bemor koronavirusdan vafot etgan. Ayni vaqtda mamlakatda virus qurbonlari soni 27 136 nafarni tashkil qilmoqda.

Sog’liqni saqlash vazirligi ma’lum qilishicha, so’nggi bir kunda koronavirusdan kasallanish bilan bog’liq 48ta yangi holat aniqlangan bo’lib, ularning umumiy soni 243 928 nafarni tashkil qilmoqda. Shu vaqtgacha koronavirus yuqtirganlarning uchdan ikki qismi sog‘aygan.

Portugaliyada so’nggi bir kunda COVID-19 tufayli 5 kishi vafot etdi. Mamlakat bo’ylab virus qurbonlarining umumiy soni 1517 nafarga yetdi. Koronavirusdan kasallanish bilan bog’liq 227ta yangi holat aniqlangan bo’lib, ularning umumiy soni 36 690 nafarni tashkil qilmoqda.

Braziliyada koronavirus qurbonlari soni 43 389 nafarga yetdi. Kasallanganlar soni 867 882 nafarni tashkil qilmoqda.

Meksikada qurbonlar soni 17 141, kasallanganlar soni 146 837 nafarni tashkil qilmoqda.

Ba’zi davlatlarda COVID-19 tufayli qurbonlar soni quyidagicha;

Buyuk Britaniyada koronavirus qurbonlar, soni 41 698ta, Belgiyada 9661ta, Germaniyada 8870ta, Kanadada 8146ta, Peruda 6688ta, Shvetsiyada 4874ta, Chilida 3323ta va Kolumbiyada 1667ta;

Belgiyada bugundan e’tiboran Yevroittifoq, Shengen davlatlari va Buyuk Britaniyaga sayohatlar uchun ruxsat berildi. Bulardan tashqari davlatlarga esa majburiy cheklovlar davom etmoqda.


Tanlangan kalimalar: #COVID-19 , #koronavirus

Aloqador xabarlar