Covid - 19 ga qaramay Xitoyda o‘quvchilar maktabga qaytdi

Yangi turdagi koronavirus (Covid - 19) pandemiyasiga qaramay Xitoyda 197 milliondan ortiq o‘quvchi chora va tadbirlar asosida maktabga qaytdi.

1435156
Covid - 19 ga qaramay Xitoyda o‘quvchilar maktabga qaytdi

Dunyoda yangi turdagi koronavirus pandemiyasidan vafot etganlarning umumiy soni 428 ming 360, o‘ziga virus yuqtirib olganlar soni 7 million 742 ming, sog‘ayib ketganlar soni esa 3 million 967 ming nafarni ortda qoldirdi.

Bugungacha virus tufayli 4 ming 634 kishi vafot etgan Xitoyda 197 milliondan ortiq o‘quvchi chora va tadbirlar asosida dars boshladilar.

Iroqda oxirgi 24 soatda 39 kishining vafot etishi bilan o‘lim holatining umumiy soni 496, yangi holat qayd etilgan 96 kishi bilan bemorlar soni 17 ming 770 nafarni tashkil etdi.

Virus tufayli 1 ming 284 kishi vafot etgan Janubiy Afrikada 58 ming 568 holatdan 33 ming 252 nafari sog‘ayib ketdi. Afrikada eng ko‘p yangi turdagi koronavirus testi 1 million 28 ming 399 kishi bilan Janubiy Afrikada amalga oshirildi.

Afrika qit’asida umumiy olib qaraganda 6 ming 80 kishi virusdan jon berar ekan Covid – 19 holati soni 227 ming nafardan oshdi.

Qit’ada holat soni eng ko‘p Janubiy Afrika, Misr, Nigeriya, Gana, Jazoir va Kamerunda kuzatildi.

Eng ko‘p o‘lim holati esa Misr, Janubiy Afrika, Jazoir, Sudan, Nigeriya, Kamerun va Marokashda qayd etildi.

Seyshel orollarida faol Covid - 19 holatlari qayd etilmas ekan Eritreya, Uganda, Namibiya va Lesoto koronavirusdan bugungacha hech o‘lim holati qayd etilmagan mamlakat ro‘yhatida o‘rin oldi.

Saudiya Arabistonida pandemiya tufayli oxirgi 24 soatda 36 kishi vafot etar ekan 3 ming 921 yangi holat aniqlandi. Oxirgi ma’lumotga ko‘ra Covid – 19 dan mamlakatdagi jami o‘lim holati soni 893, bemorlar soni esa 119 ming 942 nafarni tashkil etdi.

Yangi turdagi koronavirusdan vafot etganlar soni Birlashgan Arab Amirliklarida 287, Marokashda 212, Ummonda 96, Qatarda 70, Bahraynda 36 nafarga chiqar ekan Liviyada 5 o‘lim holati qayd etildi. Undan tashqari 393 kishi o‘ziga virus yuqtirib olgan.



Aloqador xabarlar