AQShda Jorj Floyd uchun vidolashuv marosimlari o'tkazilmoqda

AQShda politsiya tomonidan qo’lga olinayotganda vafot etgan qora tanli Jorj Floyd uchun mamlakatning bir qator shaharlarida, jumladan Minnesota shtati poytaxti Minneapolisda, ortidan esa u tug’ilib o’sgan Shimoliy Karolinada vidolashuv marosimi o’tkazildi

1430927
AQShda Jorj Floyd uchun vidolashuv marosimlari o'tkazilmoqda
George Floyd.jpg
abd ulusal muhafiz.jpg

 

AQShda politsiya tomonidan qo’lga olinayotganda vafot etgan qora tanli Jorj Floyd uchun mamlakatning bir qator shaharlarida, jumladan Minnesota shtati poytaxti Minneapolisda, ortidan esa u tug’ilib o’sgan Shimoliy Karolinada vidolashuv marosimi o’tkazildi.

Minneapolisdagi marosimdan keyin uning jasadi solingan tobut u tug‘ilgan Shimoliy Karolinaga olib kelindi.

Jorj Floyd bilan vidolashish uchun uning qarindoshlari, yaqinlari va minglab insonlar erta tongda Reyford (Shimoliy Karolina) shahrida to’plandi.

Marosim o’tkaziladigan cherkov yonida tumonat odam to’plandi. Ular Jorj Floyd bilan vidolashish uchun navbatga turishdi. Odamlarning namoyish o’tkazishiga ruhsat berilmadi.

Shuningdek, Floyd bilan vidolashuv marosimi ertaga 8 iyun kuni Xyustonda bo‘lib o‘tadi. Floyd bu shaharda voyaga yetgan. Hayotining katta qismi u yerda o’tgan.

9 iyun kuni Xyustonda marhumning xotirasiga cherkovda 500 kishilik marosim o‘tkazilgach, u dafn etiladi. Dafn marosimida uning oila a’zolari, do’stlari va yaqinlarigina ishtirok etadi. 

Eslatish joizki, 46 yoshli qora tanli amerikalik Jorj Floyd 25 may kuni politsiya tomonidan qo‘lga olinayotganda vafot etgandi. Oq tanli politsiyachi Derek Shovin anchagacha Floydning yuzini alfaltga bosgan holda ushlab turgan va oqibatda nafasi bo‘g‘ilgan Floyd voqea joyida jon bergandi. Uch nafar politsiyachi bu voqeani tomosha qilib turgan. Bu esa mamlakatda irqchilikka qarshi keskin namoyishlar o‘tkazilishiga sabab bo‘lgan.  

 

 


Tanlangan kalimalar: #dafn , #Reyford , #Shimoliy Karolina , #AQSh , #Jorj Floyd

Aloqador xabarlar