AQShdagi namoyishlar Yevropaga ham yetib keldi

AQShda 46 yoshli qora tanli amerikalik Jorj Floydning politsiya tomonidan qo‘lga olinayotganda yuz bergan fojiali o’limi Britaniya poytaxti Londonda qoralandi.

1429144
AQShdagi namoyishlar Yevropaga ham yetib keldi

 

 

46 yoshli qora tanli amerikalik Jorj Floydning politsiya tomonidan qo‘lga olinayotganda yuz bergan fojiali o’limi Britaniya poytaxti Londonda ham qoralandi.

Minglab namoyishchilar kecha tushki vaqtlarda Hyde parkida to’plandi. Ular Parlament binosi tomon yurish qilishdi.

“Qora tanlilar hayoti azizdir!” “Adolat bo’lmasa, tinchlik ham bo’lmaydi!”, “Britaniya begunoh emas!” degan shiorlar bilan chiqish qilgan namoyishchilar bosh vazirlik binosi va London Politsiya departamenti oldidagi maydonda to’plandi.

Namoyishchilar bosh vazirlik binosi oldida politsiyachilardan tiz cho’kishini talab qildi.

Ba’zi politsiyachilarning tiz cho’kkani kuzatilgan. Namoyishlar vaqtida politsiya xizmat mashinasi toshbo’ron qilingan va bir politsiyachi namoyishchilar tomonidan kaltaklangan.

Eslatish joizki, 46 yoshli qora tanli amerikalik Jorj Floyd 25 may kuni politsiya tomonidan qo‘lga olinayotganda vafot etdi. Oq tanli politsiyachi Derek Shovin anchagacha Floydning yuzini alfaltga bosgan holda ushlab turgan va oqibatda nafasi bo‘g‘ilgan Floyd voqea joyida jon bergan. Uch nafar politsiyachi bu voqeani tomosha qilib turgan. Bu esa mamlakatda irqchilikka qarshi keskin namoyishlar o‘tkazilishiga sabab bo‘ldi. Ayni vaqtda Amerikaning kamida 30 shahrida namoyishlar bo‘lib o‘tmoqda. Vaziyat tobora salbiy tus olib bormoqda.


Tanlangan kalimalar: #namoyish , #London , #Buyuk Britaniya , #AQSh , #Jorj Floyd

Aloqador xabarlar