Argentinada “Jorj Floyd uchun adolat!" namoyishi...

Argentinada minglab namoyishchilar AQShda qora tanli Jorj Floydning politsiya zo’ravonligi tufayli yuzaga kelgan fojiali o’limini qoraladi.

1428501
Argentinada “Jorj Floyd uchun adolat!" namoyishi...

 

Argentinada minglab namoyishchilar AQShda qora tanli Jorj Floydning politsiya zo’ravonligi tufayli yuzaga kelgan fojiali o’limini qoraladi.

Poytaxt Buenos Aires markazidagi Obelisco haykalida oldida to’plangan namoyishchilar Jorj Floyd uchun adolat talab qildi. Ular AQShdagi namoyishchilarni qo’llab-quvvatlash maqsadida AQSh savdo palatasigacha yurib bordi.

Namoyishchilar “Jorj Floyd uchun adolat!" degan shiorlarni ko’tarib, AQSh prezidenti Donald Trampga qarshi bir ovozdan hayqirishdi.

Eslatma: AQShda 46 yoshli qora tanli amerikalik Jorj Floyd 26 may kuni politsiya tomonidan qo‘lga olinayotganda vafot etdi. Oq tanli politsiyachi Derek Shovin anchagacha Floydning yuzini alfaltga bosgan holda ushlab turgan va oqibatda nafasi bo‘g‘ilgan Floyd voqea joyida jon bergan. Uch nafar politsiyachi barchasini tomosha qilib turgan. Bu esa mamlakatda irqchilikka qarshi keskin namoyishlar o‘tkazilishiga sabab bo‘ldi. Vaziyat tobora salbiy tus olib bormoqda. Mamlakatning deyarli barcha shtatlarida norozilik namoyishlari o’tkazilmoqda. Binolarga o’t qo’yilmoqda, talon-taroj qilinmoqda.

 


Tanlangan kalimalar: #Argentina , #namoyish , #Jorj Floyd , #AQSh

Aloqador xabarlar