Londonda Jorj Floydning fojiali o'limi tufayli namoyish o'tkazildi

Trafalgar maydonida to’plangan namoyishchilar “Adolat bo’lmasa, tinchlik ham bo’lmaydi”, “Tizzangni bo’ynimdan tort” degan shiorlarni ko’tarishdi. Ular AQSh va Ingliz hukumatiga qarshi bir ovozdan hayqirishdi.

1427001
Londonda Jorj Floydning fojiali o'limi tufayli namoyish o'tkazildi

 

 

Buyuk Britaniya poytaxti Londonda minglab namoyishchilar AQShda qora tanli Jorj Floydning politsiya zo’ravonligi tufayli yuzaga kelgan fojiali o’limini qoraladi.

Trafalgar maydonida to’plangan namoyishchilar “Adolat bo’lmasa, tinchlik ham bo’lmaydi”, “Tizzangni bo’ynimdan tort” degan shiorlarni ko’tarishdi. Ular AQSh va Ingliz hukumatiga qarshi bir ovozdan hayqirishdi.

Namoyishchilar so’ngra, shaharning Vauxhall dahasida joylashgan AQSh elchixonasiga tomon yurishdi.

Elchixona binosi oldida to’plangan namoyishchilar orasida vaqti-vaqti bilan tortishuvlar kelib chiqdi. Bu jarayonda 11ta namoyishchi politsiya tomonidan qo’lga olindi.

Namoyishchilar so’ngra, bosh vazirlik qarorgohi joylashgan “Downing Street”ga tomon yurib bordi va namoyishlar u yerda ham davom etdi.

Eslatma: 46 yoshli qora tanli amerikalik Jorj Floyd 26 may kuni politsiya tomonidan qo‘lga olinayotganda vafot etdi. Oq tanli politsiyachi Derek Shovin anchagacha Floydning yuzini alfaltga bosgan holda ushlab turgan va oqibatda nafasi bo‘g‘ilgan Floyd voqea joyida jon bergan. Uch nafar politsiyachi barchasini tomosha qilib turgan. Bu esa mamlakatda irqchilikka qarshi keskin namoyishlar o‘tkazilishiga sabab bo‘ldi. Vaziyat tobora salbiy tus olib bormoqda.


Tanlangan kalimalar: #AQSh , #Jorj Floyd , #London , #Buyuk Britaniya

Aloqador xabarlar