Dunyoda koronavirus qurbonlarining umumiy soni 371 000dan oshdi

Virus bilan kasallanganlar soni 6 mln 161 mingga yetdi. 2 mln 738 mingdan ortiq bemor sog’aydi.

1426499
Dunyoda koronavirus qurbonlarining umumiy soni 371 000dan oshdi

 

Dunyo bo’ylab koronavirus qurbonlarining umumiy soni 371 000dan oshdi. Virus bilan kasallanganlar soni 6 mln 161 mingga yetdi. 2 mln 738 mingdan ortiq bemor sog’aydi.

Yevropada virusning o’chog’iga aylangan Buyuk Britaniyada so‘nggi bir kunda 215 kishi koronavirusdan vafot etgan. Rasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, kasallikdan vafot etganlar soni 38 ming 376 kishiga yetgan. Shu bilan birga, haqiqiy o‘lim holatlari soni rasmiy statistikada ko‘rsatilganidan ikki barobar ko‘proq bo‘lishi mumkinligi taxmin qilinmoqda.

Ayni vaqtga kelib, Britaniyada koronavirusdan kasallanish bilan bog‘liq yana 2445 ta yangi holat qayd etilgan. Shu bilan mamlakatda koronavirus bilan kasallanganlar soni 272 ming 826 nafarni tashkil qilmoqda. Britaniya madaniyat vaziri ma’lum qilishicha, mamlakatda sport musobaqalari bugundan e’tiboran tomoshabinsiz o’tkazila boshlaydi.

Kasallanganlar va vafot etganlar soni bo‘yicha dunyoda yetakchi davlatlardan biri bo‘lgan Italiyada bir sutkada 111 nafar bemor koronavirusdan vafot etdi.

Mamlakat bo’ylab koronavirus qurbonlarining umumiy soni 33 340 kishiga yetdi. Ayni vaqtda infektsiyadan kasallanish bilan bog‘liq yana 416ta yangi holat qayd etilgan. Shu bilan mamlakatda virusga chalinganlarning umumiy soni 232 664 nafarga yetdi.

Fransiyada COVID-19 pandemiyasi tufayli bir sutkada 57 bemor vafot etdi. Mamlakat bo’ylab koronavirus qurbonlarining umumiy soni 28 771 kishiga yetdi. So’ngi bir kunda koronavirusdan kasallanish bilan bog’liq 1828ta yangi holat aniqlangan. Shu bilan mamlakatda virusga chalinganlarning umumiy soni 225 898 nafarga yetdi.

Ispaniyada Covid-19 tufayli vafot etganlarning umumiy soni 27 125 nafarni tashkil qilmoqda.

Kasallanganlar soni bir sutkada 271 kishiga oshib, 239 ming 228 nafarga yetganligi qayd etildi.

Shu vaqtgacha koronavirus yuqtirganlarning uchdan ikki qismi sog‘aygan.

Portugaliyada so’nggi bir kunda Covid-19 tufayli 13 nafar bemor vafot etdi. Mamlakatda qurbonlar soni 1396nafarni tashkil qilmoqda. Virusdan kasallanish bilan bog’liq 257ta yangi holat qayd etilgan bo’lib, ularning umumiy soni 32 203 nafarga yetdi.

 


Tanlangan kalimalar: #koronavirus , #COVID-19

Aloqador xabarlar