Janubiy Koreyada Covid-19 bo‘yicha oxirgi 50 kunning eng yuqori raqami qayd etildi

Dunyoda yangi turdagi koronavirus pandemiyasidan vafot etganlarning umumiy soni 355 ming nafarni ortda qoldirdi.

1424877
Janubiy Koreyada Covid-19 bo‘yicha oxirgi 50 kunning eng yuqori raqami qayd etildi

Dunyoda yangi turdagi koronavirus pandemiyasidan vafot etganlarning umumiy soni 355 ming, virus yuqtirib olganlar 5 million 750 ming, sog‘ayib ketganlar soni esa 2 million 473 ming nafarni ortda qoldirdi.

Covid – 19 dan 269 kishi vafot etgan Janubiy Koreyada holatlar bo‘yicha oxirgi 50 kunning eng yuqori raqami qayd etildi. Koreya Kasallikni nazorat qilish va oldini olish markazi mamlakatda oxirgi 24 soatda 79 yangi holat aniqlanganini ma’lum qildi. Mamlakatda bugungacha 11 ming 344 holat kuzatilar ekan 10 ming 340 kishi sog‘ayib ketgandi.

Pandemiya paydo bo‘lgan Xitoyda virus tufayli 4 ming 634 kishi vafot etdi. Oxirgi 24 soatda faqatgina 2 yangi holat kuzatildi. Shu orqali bugungacha aniqlangan holat soni 82 ming 995 nafarga chiqar ekan 78 ming 288 bemor sog‘aydi. Undan tashqari 73 bemorni davolash ishlari davom etmoqda.

Misrda yana 19 kishi Covid – 19 tufayli vafot etdi va bu orqali pandemiyadan vafot etganlarning soni 816 nafarga chiqdi. Holat soni 19 ming 666 nafarga yetdi. Sog‘ayib ketganlar soni esa 5 ming 205 nafar deb qayd etildi.

Yaman Koronavirusga qarshi kurash olib borish milliy qo‘mitasi tomonidan yozma ravishda berilgan bayonotda yana 4 kishining virusdan vafot etgani va bu orqali ularning umumiy sonining 53 nafarga chiqqani qayd etildi. Mamlakatda yana 7 kishida virus aniqlangani va holat sonining 256 nafarni tashkil etgani bildirildi.

Birlashgan Arab Amirliklari Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan mavzu haqida yozma ravishda berilgan bayonotda, Covid - 19 tufayli halok bo‘lganlar sonining 255 nafarga yetganligi ifoda etildi. Kasalliklar soni mamlakat bo‘ylab 31 ming 969 nafarga chiqqani qayd etilgan bayonotda, 16 ming 371 bemorning esa sog‘ayib ketganligi aytildi.

Liviyadagi Kasalliklarga qarshi kurash milliy markazining yozma bayonotiga ko‘ra,  pandemiydan yana 1 kishining vafot etishi bilan mamlakatdagi o‘lim holatlari 4 nafarga yetdi. Bayonotda yana 20 kishiga Kovid-19 kasalligi tashxisi qo'yilgan va bu orqali holatlar soni 99 nafarga yetgan.

Marokash Sog‘likni Saqlash vazirligi yana 24 kishining Covid – 19 testining ijobiy natija berganini va holat soninig 7 ming 601 nafarga ko‘tarilganini e’lon qildi. Mamlakat bo‘ylab sog‘ayib ketganlar sonining esa 4 ming 978 ekanligi qayd etildi.

Saudiya Arabistoni yetakchiligi Covid – 19 ga qarshi kurash doirasida yo‘lga qo‘ygan chora va tadbirlarini yengillashtirish va oddiy hayot sharoitiga qaytish maqsadida haftaning yakshanba kunidan e’tiboran Makkada yo‘lga qo‘yiladigan “ikki bosqichli oddiy hayot sharoitiga qaytish rejasi”ni ma’lum qildi.



Aloqador xabarlar