Niderlandiyada hayvondan insonga koronavirus yuqishi holati qayd qilindi

Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti ma’lum qilishicha, Niderlandiyada norka – qorakuzanlar ko‘paytiriluvchi fermada mehnat qiladigan bir ishchi koronavirusga chalingan.

1424169
Niderlandiyada hayvondan insonga koronavirus yuqishi holati qayd qilindi

 

Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti ma’lum qilishicha, Niderlandiyada COVID-19 virusi ilk bor hayvondan insonga o‘tish holati kuzatilgan.

Ma’lumotga ko’ra, Niderlandiyada norka – qorakuzandan insonga koronavirus yuqishi holati qayd qilindi.

Qimmatbaho mo’ynasi uchun maxsus qorakuzanlar ko‘paytiriluvchi fermada mehnat qiladigan bir ishchi koronavirusga chalingan.

Hozirda, Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti xodimlari ushbu vaziyat yuzasidan tekshiruv o’tkazmoqda.

Tekshiruvlarda virusning hayvondan insonga o‘tish holati aniqlansa, bu - dunyoda “hayvondan insonga virus yuqishi bilan bog’liq birinchi holat” bo’ladi.

Virus tarqala boshlagan kunlarda koronavirus insonlarga hava va aloqa yo’li bilan yuqishi, hayvonlardan odamlarga o‘tmasligi ma’lum qilingandi.



Aloqador xabarlar