Nigeriyada Boko Haram terror tashkilotning mingdan ortiq a'zosi o'ldirildi.

Nigeriyaning shimoli-sharqida oxirgi 6 hafta ichida Boko Haram terror tashkilotiga qarshi o'tkazilgan operatsiyalar natijasida tashkilotning mingdan ortiq a'zosi o'ldirildi.

1423308

Nigeriya Bosh shtab boshlig'i Tukur Buratai muxbirlarga bergan ma’lumotda , armiya bir yarim oydir Borno, Adamava va Yobe  viloyatlarida  Chad havzasida Boko Haramga qarshi operatsiyalar  olib bormoqda deb bildirdi.

Buratai, so'nggi 6 hafta ichida armiya tomonidan olib borilgan operatsiyalarda, tashkilotning 1015 a'zosi  yo’q qilinganini va yuzlab terroristlar yaralanganini bildirdi.

Amaliyotda 84 terrorist qo'lga olinganligini ifoda etgan Buratai, 150 ta transport vositasi, qurol va juda ko'p miqdordagi o'q-dori musodara qilinganligini bildirdi.

Burataining  ta'kidlashicha, operatsiyalarda 11 askar halok bo'lgan.

Mudofaa vazirligi matbuot kotibi Jon Enenche shuningdek so'nggi yillarda mamlakatning shimoli-g'arbidagi Katsina va Zamfara  viloyatlarida  havo operatsiyalari amalga oshirilganligini va 200ga yaqin to'da a’zosi yo’q qilinganini  ma'lum qildi.

Amaliyotda qurolli guruhlarga tegishli lager joylari va to'da rahbarlari ham  yo’q qilindi.

Tanlangan kalimalar: #O'ldirildi , #Boko Haram , #Negeriya

Aloqador xabarlar