G’arb mamlakatlarida koronvirus( Kovid-19) bo’yicha oxirgi vaziyat.

Koronavirusning yangi turi (Kovid-19) tufayli vafot etganlar soni dunyo bo'ylab 346 ming 700dan oshdi. Virusga chalinganlar soni 5 yarim million va  sog’ayib ketganlar soni 2 million 303 ming kishi.

1423161
G’arb mamlakatlarida koronvirus( Kovid-19) bo’yicha  oxirgi vaziyat.

Koronavirusning yangi turi (Kovid-19) tufayli vafot etganlar soni dunyo bo'ylab 346 ming 700dan oshdi. Virusga chalinganlar soni 5 yarim million va  sog’ayib ketganlar soni 2 million 303 ming kishi.

Taxminan 99000 kishi halok bo’lgan Amerika qo’shma shtatlari (AQSh), Lotin Amerikasida Kovid-19  epidemiyasining  markaziga aylangan Braziliyadan mamlakatga kirishlar to'xtatildi. Oq uy matbuot kotibi Kayley McEnany,  Braziliyadan AQShga  borishni istagan odamlar ushbu mamlakatda epidemiyani kuchaytirishi mumkinligidan xavotirda ekanliklarini aytib, AQShning sayohat cheklovlari  fuqarolariga ta'sir qilmaydi va ikki mamlakat o'rtasidagi savdo-sotiq davom etadi.

Dunyoda AQShdan keyin eng ko'p virus  aniqlangan ikkinchi davlat bo'lgan Braziliyada Kovid-19dan halok bo'lganlar soni so'nggi 24 soat ichida 653 nafarga  ko'payib  22,666 nafarga va   virusga chalinganlar  soni esa 5 ming 372 nafar ko’payib  363 ming 211 nafarga yetdi.

Yevropada epidemiyaning markazi holiga kelgan , Angliyada halok bo’lganlar  soni  so'nggi 24 soat ichida 118  nafar ko’payib , 36 ming 793 nafarga , kasalliklar soni 2 409  nafar ko’payib  259 ming 559 nafarga yetdi.

Italiyada, Lombardiya mintaqasidan tashqari, so'nggi 24 soat ichida epidemiyadan vafot etganlar soni 50 nafarga ko’payib , 32,885 nafarga oshdi. Faol Kovid-19 holatlari soni 158 mingga kamaygan holda 56 ming 594 nafargacha kamaydi. Ichki ishlar vaziri Luciana Lamorgese, birinchi haftada tashqarida  to’pli holda yurgan yoshlarga Kovid-19ga qarshi  ko’rilgan choralarga  mas'uliyat bilan harakat qilishlari  kerakligi borasida  ogohlantirdi, aks holda  kasallik avj olishi mumkin deya bildirdi.

 

Fransiyada so'nggi 24 soat ichida Kovid-19 tufayli 35 kishi kasalxonalarda vafot etdi, natijada umumiy halok bo'lganlar 28,367  nafarga yetdi. Virus bilan kasallanganlar soni 115  nafarga  ko'payib, 219 ming 437 kishiga yetdi.

Ispaniyada Kovid-19 tufayli vafot etganlar soni oxirgi bir  kunda 70 nafarga  ko'paydi va 28 ming 752 kishiga yetdi. Bir hafta davomida har kuni o'lim soni 100 dan past bo'lgan mamlakatda bu holatlar soni 246  nafar ko’payib , 772  nafarga yetdi .

Yevropada koronavirusning yangi turi paydo bo'lgan Chernogoriyada, 68 kun o'tgach, faol holatlar qayd etilmadi. Kasallik avjiga chiqqanida 9 kishi vafot etgan mamlakatda bu holatlar soni 324  nafar deb e'lon qilindi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Vaziyat , #Koronavirus , #Mamlakat , #G'arb

Aloqador xabarlar