Shu vaqtgacha dunyoda Covid - 19 dan vafot etganlar soni 340 200 nafardan oshdi

Dunyoda yangi turdagi koronavirus (Covid - 19) pandemiyasidan vafot etganlarning umumiy soni 340 ming 200 nafardan oshdi.

1422323
Shu vaqtgacha dunyoda Covid - 19 dan vafot etganlar soni 340 200 nafardan oshdi

Dunyoda yangi turdagi koronavirus (Covid - 19) pandemiyasidan vafot etganlarning umumiy soni 340 ming 200 nafarga yetdi. Virus yuqtirib olganlar 5 million 317 ming 600, sog‘ayib ketganlar soni esa 2 million 169 ming nafarni ortda qoldirdi.

Rossiyada oxirgi 24 soatda Covid - 19 dan vafot etganlar soni 3 ming 388 kishiga, virus yuqtirib olganlar soni esa 335 ming 882 nafarga yetdi.

Jazoirda Covid – 19 dan yana 7 kishi vafot etar ekan ularning umumiy soni 582 nafarga yetdi. Oxirgi 24 soatda 190 kishida virus aniqlandi va bu orqali ularning umumiy soni 7 ming 918 nafar deb qayd etildi.   

Saudiya Arabistonida Covid – 19 tufayli yana 13 kishi vafot etar ekan ularning umumiy soni 364 nafarga yetdi. Yana 2 ming 642 kishida yangi holat aniqlanishi orqali bemorlarnnig umumiy soni 67 ming 719 nafarni tashkil etdi.

Iroqda esa yana 7 kishi Covid – 19 dan vafot etdi, 87 kishida esa yangi holat aniqlandi. Bu orqali vafot etganlarning umumiy soni 147, holat soni esa 3 ming 964 nafarga chiqdi.

Qatarda vafot etganlar soni 19, holat soni esa 40 ming 481 nafar deb qayd etildi.

Bahraynda koronavirusdan 12 kishi vafot etar ekan holat soni 8 ming 338 nafarga yetdi.

Livanda qurbonlar soni 26, holat soni esa 1 ming 86 nafar deb qayd etildi.

Iordaniyada Covid – 19 dan 9 kishi vafot etar ekan yana 16 kishida yangi holat aniqlanishi bilan ularning soni 700 nafarga chiqdi. 

Liviyada esa qurbonlar soni 3, holat soni esa 72 nafar deb ma’lum qilindi.

Ba’zi mamlakatlardagi qurbonlar soni quyidagicha qayd etildi:

Eron 7 ming 300, Xitoy 4 ming 634, Hindiston 3 ming 728, Indoneziya 1326, Pokiston 1101, Ukraina 605, Bangladesh 432, Janubiy Afrika 397, Birlashgan Arab Amirliklari 241, Belarus 190, Singapur 23.

 

 

 

 

 



Aloqador xabarlar