Pentagon:COVID-19 virusiga qarshi vaksina 2021 yil o’rtalarigacha yaratilmaydi

Pentagondan sizilgan hujjatga ko’ra, COVID-19 virusiga qarshi vaksina 2021 yilning yoz oylarida qo’llanilishi mumkinligi taxmin qilinmoqda.

1420998
Pentagon:COVID-19 virusiga qarshi vaksina 2021 yil o’rtalarigacha yaratilmaydi

 

Pentagon COVID-19 virusiga qarshi vaksina 2021 yil o’rtalarigacha yaratilmasligini ma’lum qildi.

Shuningdek, epidemiyaning takrorlanishi hisobga olingan holda tayyorgarlik ko’rilganligi aniqlandi.

Pentagondan sizilgan hujjatga ko’ra, COVID-19 virusiga qarshi vaksina 2021 yilning yoz oylarida qo’llanilishi mumkinligi taxmin qilinmoqda.

Mudofaa vaziri Mark Esperning nomi yozilgan hujjat hali imzolanmagan.

Hujjatda “Oldimizda COVID-19 pandemiyasining takrorlanish ehtimoli bo’lgan uzun murakkab jarayon bor”,-deb yozilgan.

Vaksinani yaratish ustida boshqa yirik kompaniyalar ham ish olib bormoqda.

AQShning Moderna biotexnologik kompaniyasi koronavirusga qarshi vaksinaning odamlarda sinalishi boshlang‘ich bosqichi ijobiy natijalar berganini e'lon qilgandi. Vaksina yaratish bo’yicha klinik sinovlar 8 kishi ustida sinalgan. Vaksina emlangan kishilarning vujudida virusdan sog’aygan insonlarda bo’lganidek katta miqdorda antikor aniqlangan.

Kompaniya iyulda sinovning keyingi bosqichiga o‘tishni rejalashtirmoqda. 


Tanlangan kalimalar: #vaksina , #COVID-19 , #Pentagon

Aloqador xabarlar