Afg’onistonning Zabul viloyatidagi portlashda 4 kishi halok bo'ldi

Bu hodisa Zabul viloyati Mezon tumanining Haq Tepa mahallasida ro’y bergan. Yo’l chetiga joylashtirilgan bomba tinch aholi vakillariga to’la mashina o’tib ketayotgan vaqtda portlatilgan.

1419910
Afg’onistonning Zabul viloyatidagi portlashda 4 kishi halok bo'ldi

 

Afg’onistonning Zabul viloyatida kuchli portlash sodir etildi.

Portlash oqibatida 4 nafar tinch aholi vakili halok bo’ldi, 9 kishi jarohat oldi.

Bu haqda Zabul Xavfsizlik boshqarmasi xodimi Muhammad Lol Amiriy ma’lum qildi.

Uning ma’lum qilishicha, bu hodisa Zabul viloyati Mezon tumanining Haq Tepa mahallasida ro’y bergan. Yo’l chetiga joylashtirilgan bomba tinch aholi vakillariga to’la mashina o’tib ketayotgan vaqtda portlatilgan.

Ayni damda mamlakatning Hirot viloyatidagi politsiya nazorat uchastkasiga qurolli hujum sodir etildi. Hujumda bir nafar politsiyachi halok bo’ldi.

Hirot Xavfsizlik boshqarmasi xodimi Abdul Axad Valizodah ma’lum qilishicha, kimligi noma’lum 3 nafar jangari Hirotning Karte mahallasidagi politsiya nazorat uchastkasiga hujum sodir etgan.

Hujum oqibatida bir nafar politsiya xodimi halok bo’lgan. Otishmalarda ikki jangari yo’q qilingan. Yaralangan jangari voqea joyidan qochishga muvaffaq bo’lgan.

Hozircha ushbu ikki hujum uchun javobgarlikni hech bir terror guruhi zimmasiga olmagan.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Hirot , #portlash , #Zabul , #Afg'oniston

Aloqador xabarlar