Joriy yilda AQSh fuqaroligidan voz kechganlar soni rekord darajaga yetdi

AQSh soliq idorasining uch oyda bir e’lon qilgan hisobotiga ko’ra, 2020 yilning dastlabki uch oyida xorijda istiqomat qilgan 2909 nafar amerikalik o’z xohshi bilan AQSh fuqaroligidan voz kechdi.

1416543
Joriy yilda AQSh fuqaroligidan voz kechganlar soni rekord darajaga yetdi

 

Joriy yilning dastlabki choragida AQSh fuqaroligidan voz kechganlar soni rekord darajaga yetdi. 

AQSh soliq idorasining uch oyda bir e’lon qilgan hisobotiga ko’ra, 2020 yilning dastlabki uch oyida xorijda istiqomat qilgan 2909 nafar amerikalik o’z xohshi bilan AQSh fuqaroligidan voz kechdi.

AQSh fuqaroligidan voz kechganlar soni 2019 yilning oxirgi choragida 261 nafarni tashkil qilgandi. Bu raqam joriy yilning birinchi choragida 1015 foizga oshib, rekord darajaga yetdi. O’tgan yili 2072 kishi AQSh fuqaroligidan voz kechgandi.

Mutahassislarning fikricha, juft fuqarolikka ega bo’lgan va xorij davlatlarda yashab kelayotgan amerikaliklar koronavirus epidemiyasi tufayli miqdori oshib borayotgan soliqlar sababli AQSh fuqaroligidan voz kechmoqda. Ular hukumatning xorijdagi daromadlar uchun soliq to‘lovlarini o‘rnatish bilan bog‘liq siyosati sababli fuqarolikdan voz kechishga majbur bo’lmoqda.

Xorijda istiqomat qilgan AQSh fuqarolari har yili butun daromadini, jumladan xorijdagi barcha bank hisoblarini, mol-mulklarini va pensiya oyliklarini bildirib turishi va bunga ko’ra AQShga soliq to’lab turishi zarur.

AQShga qaytishni xohlamagan amerikaliklar soliq yukidan qutulish uchun fuqarolikdan voz kechishni afzal ko’rishmoqda.

Rasmiy qaydlarga ko’ra, boshqa xorij mamlakatlarda taxminan 9 mln AQSh fuqarosi istiqomat qiladi.

Fuqarolikdan voz kechganlar soni Donald Tramp prezident bo’lib saylangan 2016 yili 2365 kishiga oshib, rekord darajaga yetgandi.


Tanlangan kalimalar: #AQSh fuqaroligi , #fuqarolik , #AQSh

Aloqador xabarlar