Fransiyada musulmonlar dafn etiladigan qabristonlarda joy qolmadi

Abdussamad Akrach: “Qabristonlarda joy qolmaganligi uchun o’liklar morglarda yoki muzxonalarda saqlanmoqda”,-dedi.

1415383
Fransiyada musulmonlar dafn etiladigan qabristonlarda joy qolmadi

 

Fransiyada koronavirus tarqalishi tufayli musulmonlar dafn etiladigan qabristonlarda joy qolmaganligi ma’lum qilindi.

Mamlakatda musulmonlarning janoza ishlari bilan shug’ullangan Tahara jamg’armasi rahbari Abdussamad Akrach ma’lum qilishicha, odatda musulmonlarning janozalari yaqinlarining xohshi bilan vataniga yuboriladi. Biroq, pandemiyaga qarshi olingan chora-tadbirlar doirasida hozircha buning imkoni yo’q. Shu sababli, mamlakatda musulmonlarga ajratilgan qabristonlarda joy qolmagan.

Bu masalaga zudlik bilan chora ko’rilishi zarur ekanligini ta’kidlagan Abdussamad Akrach: “Qabristonlarda joy qolmaganligi uchun o’liklar morglarda yoki muzxonalarda saqlanmoqda”,-dedi.

Uning ta’kidlashicha, Yevropa Ittifoqiga a’zo bo’lmagan davlatlar bilan chegaralar yopilganligi uchun vaziyat yana ham og’irlashdi. Turklardan tashqari, ba’zi musulmonlarning janozalarini vataniga yuborishning ilojisi bo’lmayotir.

Fransiya Islom kengashidan (CFCM) olingan ma’lumotga ko’ra, mamlakatda miqyosida jami 300ta qabriston mavjud bo’lib, uning musulmonlar uchun ajratilgan bo’limida taxminan 100ta mozorga joy berilgan.

 


Tanlangan kalimalar: #musulmon , #koronavirus , #qabriston , #Fransiya

Aloqador xabarlar