Moskvada koronavirusga chalinganlar davolanayotgan shifoxonada yong'in sodir bo'ldi

Moskvada koronavirusga chalinganlar davolanayotgan 50-sonli shifoxonada noma’lum sabablarga ko’ra yong’in yuz bergan. 6 qavatli binoning 1-qavatida  ro’y bergan yong‘in oqibatida bir kishi halok bo‘lgan, uch kishi jarohat olgan.

1414165
Moskvada koronavirusga chalinganlar davolanayotgan shifoxonada yong'in sodir bo'ldi

 

 

Rossiya poytaxti Moskvada koronavirusga chalinganlar davolanayotgan shifoxonalardan birida yong‘in sodir bo‘ldi.

Bu haqda TASS xabar agentligi Rossiya favqulodda vaziyatlar vazirligiga tayanib xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Moskvada koronavirusga chalinganlar davolanayotgan 50-sonli shifoxonada noma’lum sabablarga ko’ra yong’in yuz bergan. 6 qavatli binoning 1-qavatida  ro’y bergan yong‘in oqibatida bir kishi halok bo‘lgan, uch kishi jarohat olgan. 

Moskva shahar meri Sergey Sobyanin ma’lum qilishicha, shifoxonadagi barcha bemorlar va salomatlik xodimlari evakuatsiya qilingan.

Hozirda yong‘in bartaraf qilingan bo‘lib, uning kelib chiqish sabablari tekshirilmoqda.

Ma'lumotlarga ko‘ra, Moskva shahrining o’zida koronavirusga chalinganlar soni 104 000dan oshdi. Rossiya bo‘yicha esa koronavirus yuqtirganlar soni 200 mingga yaqinlashmoqda. Virusdan vafot etganlar soni 1723 nafarni tashkil qilmoqda.


Tanlangan kalimalar: #yong'in , #koronavirus , #Moskva , #Rossiya

Aloqador xabarlar