Koronavirus bo‘yicha sharq davlatlaridagi oxirgi vaziyat

Dunyo bo’ylab Koronavirusning yangi turlari (Kovid-19) tufayli vafot etganlar soni 270 mingdan oshdi,  virusga chalinganlar soni 3 million 861 ming kishini tashkil etdi . Sog'ayib ketganlar soni 330 millionga yetdi.

1413148
Koronavirus bo‘yicha sharq davlatlaridagi oxirgi vaziyat

 Dunyo bo’ylab Koronavirusning yangi turi (Kovid-19) tufayli vafot etganlar soni 270 mingni , virusga chalinganlar soni esa 3 million 917 mingdan oshdi. Sog'ayib ketganlar soni bir million 334 ming kishini   tashkil etdi.

Eronda Kovid-19 tufayli halok bo'lganlar soni so'nggi 24 soat ichida 55  nafarga  ko'payib, 6 ming 541 kishiga yetdi.

Janubiy Koreyada 5 kun ichida birinchi marta Kovid-19 virusga chalinish  kunlik soni 10 tadan oshdi.

Belorussiyada hayotdan ko’z yumganlar soni 4 nafar ko’payib  116 nafarga yetdi.

913 kishida Kovid-19 duch kelishi bilan  bemorlar soni  20 ming 168 nafarga ko'tarildi.

 Virus, 145 kishining umriga zomin bo'lgan Moldovada yana 129 kishida virus aniqlandi va bunday holatlar soni 4 ming 605 nafarga  yetdi.

Qozog‘iston Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan berilgan bayonotda Kovid-19  bemor soni  21 nafar  ko‘payib, 4 ming 530  nafarga , tuzalib ketganlar soni esa 68  nafar  ko‘payib, 1518 nafarga  yetgani bildirildi.

Virus tufayli 28 kishi vafot etgan Ozarbayjonda Kovid-19  bemorlarining soni 77 nafarga  ko'payib, 2 ming 204 nafarga yetdi

Hozirga qadar 10 kishi vafot etgan O'zbekistonda Sog'liqni saqlash vazirligi 3 kishida yana virus aniqlanishi bilan  bemorlar  soni 2 269  nafarga yetdi.

Tojikistonda virus tufayli vafot etganlar soni 4  nafar ko’payib 12 nafarga yetdi,  bemorlar  soni 82  nafar ko’payib 461 nafarga  yetdi. Mamlakatda 4 ming 205 kishi karantinda.

9 nafar halok bo’lgan va bemorlar soni 618 nafarga yetgan Gruziyada,

Bosh vazir Giorgi Gaxariyaning ta'kidlashicha, 11-maydan boshlab poyabzal va kiyim-kechak do'konlaridan tashqari barcha do'konlar faoliyat ko'rsatishi mumkin.

 Afg’oniston Sog'liqni saqlash vaziri Fero’zuddin Ferozga o'tkazilgan koronavirus  test natijasi  ijobiy bo'lganligi ma'lum qilindi, bu yerda virus tufayli   106 nafar halok  bo’lgan va  virusga chalinganlar soni 3 563  nafar deb  qayd etildi. Bir necha kundan beri karantinda bo'lgan Fero’zning ahvoli yaxshi ekani aytilmoqda.

Ba'zi arab mamlakatlarida qurbonlar infeksiyani yuqtirib olish soni quyidagicha:

Saudiya Arabistoni 219/33 ming 731, Birlashgan Arab Amirliklari 165/16 ming 240, Quvayt 44/6 ming 567, Qatar 12/18 ming 890, Bahrayn 8/4 ming 111, Ummon 13/2 ming 958, Marokash 183/5 ming 505, Livan 25/784, Jazoir 483/5 ming 182.

Falastinda 374ta  Kovid-19  bemori , ulardan 20 nafari  G'azoda. Ichki ishlar vazirligi  Refah  chegara darvozasi kelgusi haftada Misrdagi  Falastinliklarning qaytishi  uchun ochilishini e'lon qildi.

Liviyada 3 kishi halok bo'lgan va  virusga chalinganlar  soni 64 tani tashkil etgan mamlakatda , Milliy Konsensus Hukumati Kovid-19 tadbirlari doirasida bugungacha qisman komendantlik soatlarini 10 kunga uzaytirish to'g'risida qaror qabul qildi. Komendantlik soati mahalliy vaqt bilan soat 18: 00dan 06: 00gacha amalga oshiriladi.

Kovid-19 tufayli Misrda 469 kishi vafot etgan  va 7 ming 588 infeksiyani yuqtirib olgan  Misrda  24 martda e’lon qilingan komendantlik soati mahalliy vaqt bilan 21:00 dan 06:00 gacha  bo’lib  ushbu muddat  yana 15 kunga uzaytirildi.

Afrika qit'asida Kovid-19 bilan kasal bo’lganlar  soni 51 698 kishiga ko'payar ekan  eng ko'p kasallikka uchragan davlatlar Janubiy Afrika, Misr, Marokash, Jazoir, Nigeriya, Gana, Kamerun va Gvineya edi. "Agar chora-tadbirlar nazoratga olinmasa, 29-44 million kishi Kovid-19ga chalinib  va yiliga 83-190 ming kishi o'lishi mumkin", - dedi Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti (JSST) Afrika mintaqaviy idorasi  o’z bayonotida.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Vaziyat , #Oxirgi , #Mamlakat , #Sharq , #Dunyo

Aloqador xabarlar