Lars Schaade:"“Kovid-19”ga qarshi vaksinasiz hayot izga tushmaydi"

Germaniyadagi “Robert Koch” instituti direktori o’rinbosari Lars Schaade “Kovid-19”ga qarshi vaksina ishlab chiqarilmasdan kundalik hayot o’z yo’liga tushmasligini bildirdi.

1402534

Berlinda matbuotga brifing bergan Lars Schaade mamlakat bo’ylab koronavirusga qarshi olinayotgan chora-tadbirlarga qat’iyan amal qilish zarurligini ta’kidladi.

“Vaksinasiz hayot normallashmaydi”,-deb aytgan u.

Virusga chalinish holatlarini oldini olish uchun katta g’ayrat ko’rsatganligini eslatgan Lars Schaade: “Oxirgi bir necha hafta davomida juda katta ishlarni uddaladik. Biroq, vaziyat hamon jiddiy. Ko’rinishga qaraganda buning oxiri yo’q, ya’ni virus batamom yo’q bo’lmadi. Kasallanganlar soni takror ortishi mumkin”,-dedi.

Lars Schaade ommaviy transport vositalari va jamoatchilikka ochiq maskanlarda  mutlaqo niqob taqishni tavsiya qildi.

Aloqador xabarlar