Dunyoda Kovid-19 tufayli vafot etganlar soni 164 mingdan oshdi

Dunyo bo’ylab Koronavirusning yangi turi (Kovid-19) tufayli hayotdan ko'z yumganlar soni 164 mingni tashkil etar ekan  virusga chalinganlar  soni 2 million 300 mingni oshdi, tuzalib ketganlar soni esa 613 ming kishini  tashkil qildi.

1401378
Dunyoda Kovid-19 tufayli vafot etganlar soni 164 mingdan oshdi

 

 Dunyo bo’ylab Koronavirusning yangi turi (Kovid-19) tufayli hayotdan ko'z yumganlar soni 165 mingni tashkil etar ekan  virusga chalinganlar  soni 2 million 402 mingni oshdi, tuzalib ketganlar soni esa 615 ming kishini  tashkil qildi.

Epidemiyaning markazi bo'lgan Amerika Qo'shma Shtatlarida (AQSh) vafot etganlar soni 40 ming nafar , virusga chalinganlar soni  742 ming 442 kishiga  yetdi.

Italiyadagi Kovid-19dan vafot etganlar  soni so'nggi 24 soat ichida 433 nafarga  ko'payib, 23660 kishiga yetdi,  epidemiyani yuqtirganlar soni  108 mingdan oshdi.

Kovid-19 tufayli Ispaniyada halok bo’lganlar  soni so'nggi 24 soat ichida 399  nafarga  ko'payib, 20 ming 852 kishiga etdi.

5.828 kishi vafot etgan Belgiyada so'nggi 24 soat ichida  virusga chalinganlar  soni 1478 nafarni  oshdi va 39.983 nafarga yetdi.  Paskalya ( Fisi) bayrami tugaganidan so'ng Belgiyadagi talabalar izolyatsiya davri davom etganligi sababli masofaviy ta'limga qaytishdi.

Fransiyadagi Kovid-19 avjida halok bo'lganlar soni so'nggi 24 soat ichida 395 nafar ko'payib, 19 ming 718 kishiga yetdi. Shu davr ichida  virusga chalinganlar soni 7 701 nafarga ko'payib 175 ming 942 nafarga  yetdi. Ayni paytda, poytaxt Parij  shahar hokimligi tomonidan berilgan bayonotda, Kovid-19 izi shahar ko'chalarini tozalash uchun ishlatilgan suv namunalarida topilganligi aytilgan. Suvdan foydalanish to'xtatilgan. "Epidemiyada  oldingi  hayotga qaytish uchun biz uzoq vaqt kutishimiz kerak", dedi Bosh vazir Edouard Filipp,  sog'liqni saqlash vaziri Olivye Veran bilan matbuot anjumanida. Epidemiyaning markazi holiga Amerika Qo'shma Shtatlarida (AQSh) vafot etganlar soni 40 ming 585  nafarni, virusga chalinganlar soni 742 ming 442 nafarga  yetar ekan  eng  ko'p qurbonlar bo'lgan Nyu-Yorkda  Shahar hokimi  Bill de Blasio prezident Donald Trampni "Kovid-19" epidemiyasiga qarshi kurashda shaharni yolg'iz tashlab ketish bilan aybladi, " Nyu-Yorkni qutqarasizmi yoki Nyu-Yorkni qo’y o’lsin deysizmi*” deya so’radi.

Germaniyada koronavirus tufayli vafot etganlar soni 4 ming 586 nafar,  virusga chalinganlar soni esa 145 ming 185 nafarga ko'tarildi. Oxir oqibat mamlakatda 8 nafar  turk halok bo’ldi.  Kovid-19 tufayli halok bo’lgan  turklarning  umumiy soni 87 nafarga yetdi.

Shimoliy Kipr Turk Respublikasi Bosh vazir o'rinbosari va tashqi ishlar vaziri Kudret O'zersay, Kovid-19 tufayli Angliyada yashaydigan 80 Kiprlik turk halok bo’lganini  bildirdi.

Lotin Amerikasi mintaqasida Kovid-19 tufayli vafot etganlar soni 100 mingdan oshdi.

Ushbu mintaqada birinchi marta  virus poyda bo’lgan  Braziliya  "mintaqadagi Kovid-19" dan eng ko'p zarar ko'rgan mamlakat bo'lib, qurbon soni  2 ming 462 kishi va virusga chalinganlar 38 ming 654 nafarga  ko’tarildi.

Mintaqa mamlakatlarida Kovid-19 tufayli vafot etganlar va  virusga chalinganlar  soni quyidagicha:

"Ekvador 474/9 ming 468, Chili 133/10 ming 88, Peru 400/15 ming 628, Kolumbiya 179/3 ming 792, Argentina 132/2 ming 839, Urugvay 10/517, Boliviya 32/520, Venesuela 9/256 , Paragvay 8/206, Meksika 650/7 ming 497, Panama 120/4 ming 273, Dominik Respublikasi 226/4 ming 680, Kuba 34/1035, Kosta-Rika 5/660, Gonduras 46/472, Gvatemala 7/257, El Salvador 7/201, Gaiti 3/47 va Nikaragua 2 / 10 nafar.

 

 

 

 

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Halok , #Kovid-19 , #Koronavirus , #Dunyo

Aloqador xabarlar