Dunyoda koronavirusdan vafot etganlar sonida ortish boru kamayish yo‘q

Yangi turdagi koronavirys (Covid - 19) tufayli vafot etganlar ham, virus yuqtirib olganlar ham kundan - kunga ortib bormoqda.

1400536
Dunyoda koronavirusdan vafot etganlar sonida ortish boru kamayish yo‘q

Dunyoda koronavirusdan vafot etganlarning umumiy soni 154 ming nafardan oshdi. Virus yuqtirib olganlar 2 million 250 ming, butunlay sog‘ayib ketganlar soni esa 574 ming nafarni ortda qoldirdi.

Iroq Sog‘likni saqlash vazirligi tomonidan qayd etilishicha mamlakatda yana bir kishi Covid - 19 infektsiyasidan vafot etgan. Bu orqali vafot etganlarning umumiy soni 81 nafarga yetgan. Vafot etganlardan tashqari yana 48 kishi o‘ziga virus yuqtirib olar ekan bu orqali holat soni 1 ming 482 nafarga chiqqan. Virus kasalligidan sog‘ayib ketganlarning umumiy soni esa 906 nafar deb qayd etilgan.

Misr Sog‘likni saqlash vazirligi yana 9 kishining Covid - 19 tufayli vafot etganini, bu orqali vafot etganlar sonining 205 nafarga chiqqanini, 171 kishida virus aniqlangani, bu orqali holat sonining 2 ming 844 nafarga chiqqani, butunlay sog‘ayib ketganlar sonining esa 646 nafarligini bildirdi.

Marokash Sog‘likni Saqlash vazirligi oxirgi 24 soatda yana 5 kishining virus yuqtirib olishi tufayli vafot etgani va bularning umumiy sonining 135 nafarga chiqqanini ma’lum qildi. Holat sonining 2 ming 564 ekanligi ifoda etilgan bayonotda, virusdan sog‘ayib ketganlar sonining esa 281 ga yetgani qayd etildi.

Covid - 19 tufayli vafot etganlar soni 87 nafarni tashkil etgan Saudiya Arabistonida holat soni 7 ming 142 nafarga yetdi. Mamlakatning Bosh muftiysi ash - Shayx, Covid - 19 pandemiyasi tufayli ramazon oyida (24 - aprel - 22 - may) tarovih va hayit namozining uylarda o‘qilishini ta’kidladi.

Dunyoning ba’zi sharq davlatlarida qayd etilgan o‘lim holatlari esa quyidagicha:

Eronda 4 ming 958, Xitoyda 4 ming 632, Indoneziyada 520, Hindistonda 488, Filippinda 387, Jazoirda 364, Rossiyada 273, Janubiy Koreyada 232, Yaponiyada 203, Isroilda 151, Pokistonda 143, Marokashda 135, Ukrainada esa 125 nafar.



Aloqador xabarlar