Suriyadan Turkiya tomon yo‘l olgan yashirin tunnel topildi

SMA askarlari, “Tinchlik bulog‘i amaliyoti orqali terrordan qutqarilgan Tel-Abyad va Rasulayn mintaqasida qidiruv va tekshiruv ishlarini davom ettirmoqda.

1398717
Suriyadan Turkiya tomon yo‘l olgan yashirin tunnel topildi

Suriya Milliy armiyasi askarlari “Tinchlik bulog‘i" amaliyoti orqali YPG/ PKK terror tashkilotidan qutqarilgan Suriyaning Rasulayn tuman markazidagi qidiruv va qidiruv ishlarida Turkiya tuproqlari tomon yo‘l olgan tunnel topdi.

SMA askarlari, “Tinchlik bulog‘i" amaliyoti orqali terrordan qutqarilgan Tel-Abyad va Rasulayn mintaqasida qidiruv va tekshiruv ishlarini davom ettirmoqda.

Shu jarayonda YPG/ PKK tomonidan “Tinchlik bulog‘i amaliyoti tufayli oxiriga yetkazilmagan yangi tunnel topildi.  

Qariyb 500 metr uzunlikdagi tunnel, Rasulayn tuman markazidan Shanliurfaning Jeylanpinar tumaniga qarab yo‘l olgan. Tunnelning yer ustiga chiqish nuqtasi hali hanuz tamomlanmagan.

Tunnelga Rasulayndagi Turkiya chegarasiga yaqin nuqtada o‘rin olgan bir uyda joylashgan yashirin xonadan kirish mumkin.

Tunnelning ichida bir necha turli xonalar borligi ham aniqlandi.



Aloqador xabarlar