Dunyo bo'ylab ovid-19 tufayli vafot etganlarning umumiy soni 120 ming kishini oshdi.

Koronavirusning yangi turi (Kovid-19) tufayli vafot etganlar dunyo bo'ylab 120 mingni tashkil etar ekan  virusga chalinganlar soni bir million 900 mingni va  sog'ayib ketganlar soni 440 mingdan oshdi.

1397531
Dunyo bo'ylab  ovid-19 tufayli vafot etganlarning umumiy soni 120 ming kishini oshdi.

Dunyo bo’ylab Koronavirusning yangi turi (Kovid-19) tufayli hayotdan ko'z yumganlar soni 120 mingni tashkil etar ekan, virusga chalinganlar soni bir million 926 mingdan oshdi. Sog'ayib ketganlar soni esa  452 ming kishini  oshdi.

Epidemiyaning  markaziga aylangan AQShda Kovid-19 avjidan vafot etganlar soni 23 ming kishini,  virusga chalinganlar holatlar soni esa  560 mingni tashkil qildi. Nyu-Yorkda o'n ming qurbon qayd etildi. Gubernator Endryu Kuomoning bildirishicha, har kuni shtatdagi kasalxonalarga 2 ming kishi murojaat qiladi.

Italiyada bir kunda 566  nafar  vafot etar ekan qurbonlar soni 20 ming 465 nafarga ko'tarildi. 3 ming 153 yangi epidemiya holati bilan kasallikka chalinganlar soni 159 516 nafargacha ko'paydi.

Fransiyada Kovid-19 avjida halok bo'lganlar oxirgi 24 soat ichida 574 nafarga ko'payib, 14 967 kishiga yetdi. Prezident Emmanuel Makron xalqqa qilgan murojaatida, ular  virusning avj olish uchun yetarli darajada tayyor emasliklarini  qayd etib , majburiy holatlar tashqarisida erkin harakatlanish cheklovlari 11 mayga qadar uzaytirilishini e'lon qildi. Makron shuningdek, yangi tartib o'rnatilgunga qadar Yevropa chegaralaridan tashqaridagi davlatlar uchun chegaralar yopiq bo'lishga davom etishini  e'lon qildi.

Buyuk Britaniyada Kovid-19dan  halok bo'lganlar soni so'nggi 24 soat ichida 717 kishiga ko'payib, 11299  nafarni tashkil qildi. Sog'liqni saqlash vazirligi bergan bayonotga ko'ra, kasallar soni 4 ming 342   oshdi va 88 621  nafarga yetdi. Bosh vazir vazifasini bajaruvchi tashqi ishlar vaziri Dominik Raab har kuni bo'lib o'tgan matbuot anjumanida  epidemiya  hali ham  eng  yuksak  nuqtani  ko'rmaganligini aytdi. Mavjud karantin cheklovlarning  ta'sirini ko’rish  uchun Ilmiy Maslahat Kengashi yig'ilishini bildirgan Raab, "Biz hozir amalda bo'lgan choralarga o'zgartirish kiritishni o'ylamayapmiz" dedi. Boshqa tomondan, Bosh vazirlikning bayonotida aytilishicha, Bosh vazir Boris Jonson ishlamayapti va faqat shifokorlar maslahati bilan ishlashga qaytadi. Ikki hafta oldin o'zini izolatsiya qilishni boshlaganini e'lon qilgan Bosh vazir o'rinbosari Maykl Gove sport bilan shug'ullanayotgani ko'rildi. Govning qizi uchun  test o’tkazishi ham  tanqidning boshqa bir  masalasi edi. Chunki mamlakatda faqat kasalxonaga yotqizilganlar testdan  o'tkaziladi.

(Kovid-19) epidemiyasi  Bolqon mamlakatlarida yuqumli kasalliklar soni ko'payishda davom etmoqda.

Serbiyada 85 kishi hayotdan ko'z yumdi, holatlar soni 424 taga ko'payib, 4 544  nafarga  yetdi.

Chernogoriyada 3 kishi vafot etdi, Kovid-19ni yuqtirganlar soni 273 kishiga yetdi.

Albaniyada 23 kishining o'limiga sabab bo'lgan virus 467 kishiga yuqtirilgan.

50 kishining umriga zomin bo'lgan Xorvatiyada kasalliklar soni 50  nafarga  ko'paydi  va 1650 kishiga yetdi, 400 kishi  esa tuzaldi.

Ba'zi boshqa Bolqon mamlakatlarida o'lim va  virusga chalinganlar soni  quyidagicha:

Sloveniya 55 /1212 /, Ruminiya 318/6 ming 633 /, Gretsiya 98/2 ming 114, Bosniya va Gersegovina 39 / ming30, Shimoliy Makedoniya 38/854, Bolgariya 31/676, Albaniya 23/467, Kosovo 8/362.

Kanadada 833 kishi hayotdan ko'z yumdi va virusga chalinganlar soni 25 680 nafarga  yetdi, o'limning aksariyati qariyalarga qarashli tibbiyot markazlarida sodir bo'lganligi ma'lum qilindi

Yangi Zelandiyada  qurbon soni  9 nafar ,  kasal  soni esa 1366 kishiga ko'tarildi.

So'nggi 24 soat ichida Janubiy Amerika mamlakati  Braziliyada vafot etganlar soni 105 kishiga ko'payib,1328 kishiga, virus bilan kasallanganlar soni esa 1261  ko’payib  23 ming 430 kishiga ko'paydi.

Ekvadorda hayotdan ko'z yumganlar  355 kishiga , virusga chalinganlar  soni esa 7 ming 529  kishiga yetdi.

Karib dengizidagi orol mamlakati  Dominikana Respublikasida 17 mayga belgilangan prezidentlik saylovining birinchi bosqichi Kovid-19 ning avj olishi sababli 5-iyulga qoldirildi.

 


Tanlangan kalimalar: #kishi , #120 ming , #Vafot , #Koronavirus , #Dunyo

Aloqador xabarlar