Pokiston Qurolli kuchlariga oid harbiy samolyot halokatga uchradi

Gujarat shahri yaqinlaridagi mashg’ulotlar paytida sodir bo'lgan fojiada 2 uchuvchi halok bo’ldi.

1396959
Pokiston Qurolli kuchlariga oid harbiy samolyot halokatga uchradi

 

Pokiston Qurolli kuchlariga oid “Mushaq” harbiy samolyoti Gujarat shahri yaqinlaridagi mashg’ulotlar paytida halokatga uchradi.

Fojiada 2 uchuvchi halok bo’ldi.

Bu haqda Pokiston Qurolli kuchlari bayonot berdi.

Bayonotga ko’ra, harbiy mashg’ulot samolyoti Gujarat shahri yaqinida kundalik parvozlar vaqtida qulab tushgan.

Bu voqea Turkiya vaqti bilan soat 08:00 atrofida ro’y bergan.

Eslatish joizki, 23 martda Pokiston milliy kuni munosabati bilan o’tkazilayotgan mashg’ulotlarda parvoz qilgan samolyot qulab tushgandi. Fojiada uchuvchi halok bo’lgandi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Gujarat , #samolyot halokati , #Pokiston

Aloqador xabarlar