Afg’oniston poytaxti Kobulda kuchli portlashlar ro'y berdi
Ma’lumotga ko’ra, Kobulning Proje-i Jadid va Rusha ko’chalarida yo’l chetiga joylashtirilgan bombalar birin-ketin portlagan.
1396420
Afg’oniston poytaxti Kobulda sodir etilgan ikki portlashda 3 kishi jarohatlandi.
Bu haqda Kobul xavfsizlik boshqarmasi kotibi Firdavs Faramarz matbuotga bergan brifingda ma’lum qildi.
Ma’lumotga ko’ra, Kobulning Proje-i Jadid va Rusha ko’chalarida yo’l chetiga joylashtirilgan bombalar birin-ketin portlagan.
Portlashlarda 2 nafar politsiya xodimi va 1 nafar tinch aholi vakili jarohatlangan. Tergov harakati boshlandi.
Portlashlarda javobgarlikni hozircha hech bir terror guruhi zimmasiga olmadi.