BMT Xavfsizlik kengashi koronavirusga qarshi kurash bo'yicha yig'ilish o'tkazadi

BMT Xavfsizlik kengashining koronavirusga qarshi kurashga bag'ishlangan yig'ilishi 9 aprel payshanba kuni videokonferensiya shaklida o'tkaziladi.

1392812
BMT Xavfsizlik kengashi koronavirusga qarshi kurash bo'yicha yig'ilish o'tkazadi

 

BMT Xavfsizlik kengashi 9 aprel payshanba kuni videokonferensiya shaklida yig’ilish o’tkazadi.

Mazkur yig’ilishda dunyoga tahdid solayotgan koronavirus infektsiyasiga qarshi kurash muhokama qilinadi.

BMT bosh kotibi Antonio Guterres pandemiyaning xalqaro tinchlik va xavfsizlikka tahdid solayotgani va 2-Jahon urushidan keyingi eng dahshatli krizis ekani haqidagi ogohlantiruvlariga qaramay, xalqaro tinchlik va xavfsizlikni saqlashdan mas’ul bo’lgan BMT Xavfsizlik kengashi anchagacha “Kovid-19” pandemiyasiga qarshi kurash olib bormadi.

Global hamkorlik chaqiruvlariga qaramay, bir qator masalalar bo’yicha bir to’xtamga kela olmagan BMT Xavfsizlik kengashida pandemiyaga qarshi kurashda ham kelishmovchiliklar yuzaga keldi.

Diplomatik manbalardan olingan ma’lumotga ko’ra, tanqidlarga uchrashidan xavotda bo’lgan  Xitoy dastlab BMT Xavfsizlik kengashining yig’ilish o’tkazish to’g’risidagi chaqiruviga ijobiy fikr bildirmadi.

Diplomatlarning tahminlariga ko’ra, AQSh tomonidan “Kovid-19”ga nisbatan “Xitoy virusi” ifodasining qo’llanilishi va shu sababli Xitoy va Rossiya boshlang’ichda BMT Xavfsizlik kengashining videokonferensiya shaklida yig’ilish o’tkazishiga e’tiroz bildirgan bo’lishi mumkin.

 



Aloqador xabarlar