Eronda bir sutkada 151 kishi koronavirusdan vafot etdi

Infektsiya bilan kasallanganlar soni 3603 nafarga yetdi. So’g’ayib ketganlar soni 19 736 kishini tashkil qilmoqda.

1391530
Eronda bir sutkada 151 kishi koronavirusdan vafot etdi

 

Eronda bir sutkada 151 kishi koronavirusdan vafot etdi.

Infektsiya bilan kasallanganlar soni 3603 nafarga yetdi. So’g’ayib ketganlar soni 19 736 kishini tashkil qilmoqda.

Mamlakat prezidenti Hasan Ruhoniy epidemiyaga qarshi olingan chora tadbirlar bilan bir qatorda, savdo faoliyatlari ham davom ettirilishi mumkinligini ma’lum qildi.

“Insonlarning to’planishiga zarurat tug’ilmagan va katta tahlika keltirib chiqarmaydigan korxonalar Texronda 18 apreldan e’tiboran, boshqa viloyatlarda esa 11 apreldan e’tiboran mehnat faoliyatini boshlashi mumkin”,-deb aytgan Hasan Ruhoniy.

Prezidentning ta’kidlashicha, 11 apreldan boshlab davlat idoralari minimum xodimlari bilan xalqqa xizmat berishni boshlaydi. 11 apreldan boshlab rasmiy idoralar 07:00 dan 14:00ga qadar ishlaydi. Ibodatxonalarni ziyorat qilish cheklovi 19 aprelga qadar davom etadi. Shuningdek, boshlang’ich ta’lim va o’rta maktablar hamda oliygohlar uchun 18 aprelgacha berilgan ta’til muddati yana uzaytirilishi mumkin.

 


Tanlangan kalimalar: #koronavirus , #Eron

Aloqador xabarlar