Meksikadagi qurolli otishmada 19 kishi halok bo’ldi

Chihuahua shtati prokuraturasi ushbu jinoiy ish yuzasidan tergov olib bormoqda.

1391522
Meksikadagi qurolli otishmada 19 kishi halok bo’ldi

 

 

Meksikada narkobiznes bilan shug’ulanuvchi ikki kartel o’rtasida otishma ro’y berdi.

Otishmalarda 19 kishi halok bo’ldi.

Chihuahua shtati prokuraturasi ushbu jinoiy ish yuzasidan tergov olib bormoqda.

Prokuraturadan ma’lum qilinishicha, Madera hududida Xuarez va Sinaloa kartellari o’rtasida qurolli otishma yuz bergan. Otishmalarda 19 kishi halok bo’lgan.

Voqea joyiga yetib kelgan politsiya kuchlari 18 ta qurol, 2 ta mashina va 2 ta qo’lbola bombani musodara qilgan.


Tanlangan kalimalar: #narkobiznes , #otishma , #Meksika

Aloqador xabarlar