Dunyoda koronavirus qurbonlarining umumiy soni 64 000dan oshdi

Dunyo bo’ylab koronavirus bilan kasallanganlar soni 1 mln 200 000ga yetdi. Infektsiyadan sog’ayib ketganlar soni esa 246 000ni tashkil qilmoqda.

1391452
Dunyoda koronavirus qurbonlarining umumiy soni 64 000dan oshdi

 

Dunyo bo’ylab koronavirus qurbonlarining umumiy soni 64 000dan oshdi, kasallanganlar soni 1 mln 200 000ga yetdi. Infektsiyadan sog’ayib ketganlar soni esa 246 000ni tashkil qilmoqda.

Italiyada bir sutkada 681 kishi koronavirusdan vafot etdi. Shu bilan mamlakat bo’ylab koronavirus qurbonlari soni 15 362 kishiga yetdi. Infektsiyadan vafot etganlarning 80 foizini shifokorlar tashkil qiladi. Hozirda mamlakat bo’ylab koronavirus bilan kasallanganlarning umumiy soni 88 000dan oshdi.

Fransiyada koronavirus qurbonlari soni 7560 kishiga yetdi. Kasallanganlar soni 70 000ga yaqinlashdi.

Ispaniyada koronavirusdan vafot etganlar soni 12 000ga yetdi. Mamlakatda epidemiyaga qarshi chora tadbirlar doirasida joriy etilgan favqulodda holat rejimi ikkinchi marta uzaytirilishi kutilmoqda.

AQShda vaziyat kundan kunga og’irlashib bormoqda. Ayniqsa, mamlakatning Nyu-York shtati koronavirus o’chog’iga aylangan. Qurbonlar soni 7 000dan oshdi. Ularning 3 yarim mingdan ko’prog’i Nyu-York shtatiga to’g’ri keladi.

Xitoy davlati bir sutkada 630 kishi koronavirusdan vafot etgan Nyu-York shtatiga gumanitar yordam qatorida 1000 ta sun’iy nafas olish jihozi yubordi.

AQSh prezidenti Donald Tramp koronavirus epidemiyasining ta’siri yana bir muddat o’z kuchini ko’rsatishi mumkinligini bildirib, “Shu ikki hafta eng qiyin kunlar bo’lishi mumkin. Afsuski, juda ko’p inson halok bo’ladi”,-dedi.

Avstraliyada koronavirus qurbonlari soni 34 kishiga yetdi. Mamlakatda infektsiya bilan kasallanganlar soni 5666 nafarni tashkil qilmoqda, 701 nafar bemor sog’ayib ketgan.

Braziliyada bir sutkada 72 kishi koronavirusdan vafot etdi. Shu bilan mamlakat bo’ylab koronavirus tufayli hayotdan ko’z yumganlar soni 432 kishiga yetdi. Infektsiya bilan kasallanganlar soni 10 000dan oshdi.


Tanlangan kalimalar: #Kovid-19 , #koronavirus

Aloqador xabarlar