Dunyoda koronavirus qurbonlarining umumiy soni 47000dan oshdi

Dunyo bo’ylab koronavirus qurbonlarining umumiy soni 47 000dan oshdi, kasallanganlar soni esa 937 000ni tashkil qilmoqda.

1389671
Dunyoda koronavirus qurbonlarining umumiy soni 47000dan oshdi

 

 

Dunyo bo’ylab koronavirus qurbonlarining umumiy soni 47 000dan oshdi, kasallanganlar soni esa 937 000ni tashkil qilmoqda.

Iroqda infektsiyadan vafot etganlar soni 52 kishiga yetdi, kasallanganlar soni 728 kishini tashkil qilmoqda.

Saudiya Arabistoni yangi turdagi koronavirus tufayli yana 6 kishi vafot etganligini, shu bilan qurbonlar soni 16 kishiga yetganligini ma’lum qildi.

Isroil tomonidan bir yildan buyon hibsda ushlab turilgan falastinlik mahbusda koronavirus aniqlandi.

Falastin ozodlik tashkilotiga qarashli Falastin asirlar hay’ati bu haqda yozma bayonot berdi.

“Qamoqxonadan ozod etilgan falastinlik mahbusning kimlar bilan aloqada bo’lganligi tekshirilmoqda. Ularni aniqlab kerakli tibbiy karantinga olishga harakat qilyabmiz. Isroil mahbuslar hayotidan mas’uldir. Bu jinoyat bo’yicha javobgardir”,-deyiladi bayonotda.

Marokashda esa koronavirusdan vafot etganlar soni 37 kishiga yetdi.

Misrda 52 kishi koronavirusdan vafot etdi.

Tunisda qurbonlar soni 12 kishiga yetdi.

Janubiy Afrikada 353 kishida koronavirus aniqlandi, qurbonlar soni 5 kishini tashkil qilmoqda. Qurbonlar orasida HIV virusiga qarshi faoliyatlari bilan tanilgan janubiy afrikalik olim ayol professor Gita Ramjee ham bor.


Tanlangan kalimalar: #dunyo , #koronavirus

Aloqador xabarlar