Lovkok, Covid - 19 avj olgan bir davrda Suriyadagi bolalar ahvoliga e’tibor qaratdi

BMTning insonparvarlik ishlaridan mas’ul Bosh kotib o‘rinbosari Mark Lovkok, xavfsizlik kengashiga telekonferentsiya orqali Suriyadagi oxirgi vaziyat haqida ma’lumot berdi.

1388480
Lovkok, Covid - 19 avj olgan bir davrda Suriyadagi bolalar ahvoliga e’tibor qaratdi

Birlashgan Millatlar tashkiloti Suriyada yangi turdagi koronavirus (Covid - 19) tufayli qayd etilgan 10 holat borligini, ulardan birining oqibatining o‘lim bilan yakun topganini ma’lum qildi.

BMTning insonparvarlik ishlaridan mas’ul Bosh kotib o‘rinbosari Mark Lovkok, xavfsizlik kengashiga telekonferentsiya orqali Suriyadagi oxirgi vaziyat haqida ma’lumot berdi.  

Lovkok unda,

“Suriyada yangi turdagi koronavirus (Covid - 19) tufayli 10 holat bor va ulardan birining oqibati o‘lim bilan yakun topdi. Eng yomoni bu faqatgina biz bilganlar” dedi.

Epidemiyaga qarshi kurash uchun Suriyadagi kasalxonalarning yarmidan ko‘pining xizmat berish imkoni yo‘qligini eslatib o‘tgan Lovkok, shu bois ham mamlakatga nisbatan kiritilgan sanksiyalarning bekor qilinishi kerakligini qayd etdi. Shuningdek urushni davom ettirgan tomonlarning hammasini tezlik bilan o‘q uzishni to‘xtatishga chaqirdi.

Suriyada 8 million kishining oziq - ovqatsiz ekanligiga e’tibor qaratgan Lovkok, mamlakatdagi yarim million bolaning esa to‘yib ovqatlanmaslik yani surunkali pankreatitga duchor bo‘lganini ifoda etdi.

Lovkok, Suriyaning shimoliy - g‘arbidagi Idlibda esa har o‘n bolaning uch nafarida immunitet tanqisligi sindromi (OITS) ya’ni o‘sish sur’ati pasayishi kuzatilgani va qolgan bolalarning ham umrining bundan keyingi qismini shunday muammolar bilan davom ettirishini bildirdi.

 



Aloqador xabarlar