Xitoydagi o’rmon yong’inlarida 19 kishi hayotdan ko’z yumdi

O’t o’chiruvchilar soat 02:00 atrofida shamol o’z yo’nalishini o’zgartirganligi sababli o’rmonzordagi yong’in o’rtasida qolib ketgan.

1388182
Xitoydagi o’rmon yong’inlarida 19 kishi hayotdan ko’z yumdi

 

Xitoyning Sichuan viloyatida ro’y bergan o’rmon yong’inlarini o’chirish vaqtida 19 kishi hayotdan ko’z yumdi.

Bu haqda Shinxua xabar agentligi xabar berdi.

Shichang shahri ma’lumot byurosi ma’lum qilishicha, kecha mahalliy vaqt bilan soat 16:00da bir fermada yong’in sodir bo’lgan. Kuchli shamol ta’sirida tezda atrofga tarqalgan.

O’t o’chiruvchilar soat 02:00 atrofida shamol o’z yo’nalishini o’zgartirganligi sababli o’rmonzordagi yong’in o’rtasida qolib ketgan.

Qutqaruv faoliyatlarida 18 o’t o’chiruvchi bilan ularga yo’l ko’rsatuvchi bo’lgan mahalliy o’rmon ishchisining jasadi topilgan.

China Daily gazetasi, qutqaruv faoliyatlarida jarohatlangan 3 nafar o’t o’chiruvchi shifoxonaga yotkizilgan.

 


Tanlangan kalimalar: #o'rmon yong'inlari , #Xitoy

Aloqador xabarlar