Dunyoda koronavirus qurbonlarining umumiy soni 34000dan oshdi

Hindistonda koronavirusdan vafot etganlar soni 25 kishiga yetdi, kasallanganlar soni 979 kishini tashkil qilmoqda.

1387317
Dunyoda koronavirus qurbonlarining umumiy soni 34000dan oshdi

 

Butun dunyo bo’ylab yangi turdagi (Kovid-19) koronavirus qurbonlarining umumiy soni 34 000dan oshdi, infektsiya bilan kasallanganlar soni 723 000dan ortiq.

Suriyada yangi turdagi koronavirus bilan bog’liq ilk o’lim holati qayd etildi, kasallanganlar soni 9 kishiga yetdi.

Marokashda koronavirus aniqlangan 17 oylik chaqaloq hayotdan ko’z yumdi. Mamlakatda qurbonlar soni 27 kishiga yetdi, kasallanganlar soni 450 nafarni tashkil qilmoqda.

Isroilda koronavirus qurbonlari soni 15 kishiga yetdi. Sog’liqni saqlash vazirligi ma’lum qilishicha, mamlakat bo’ylab Kovid-19 bilan kasallanganlarning umumiy soni 3865 kishini tashkil qilmoqda.

Hindistonda koronavirusdan vafot etganlar soni 25 kishiga yetdi, kasallanganlar soni 979 kishini tashkil qilmoqda.

Mamlakat bosh vaziri Narenmdra Modi pandemiyaning tarqalishini oldini olish maqsadida hukumat tomonidan olingan chora-tadbirlar doirasidagi cheklovlar xalqqa qiyinchilik tug’dirganligi uchun uzr so’radi.

“Ba’zilaringiz menga darg’azab bo’lishingizni bilaman, biroq ushbu qat’iy choralar pandemiyani yengish uchun o’ta zarur”,-deb aytgan Narenmdra Modi.

Ma’lumotga ko’ra, mamlakatda komendantlik soati joriy etilgan. Shu sababli, o’n minglab muhojir ishsiz qolgan va ommaviy transport qatnovi to’xtatilganligi sababli insonlar uyiga piyoda ketmoqdalar.

Bukina Fasoda transport va yo’l xavfsizligi vaziri Vincent Dabilgouda koronavirus aniqlangan. Avvalroq, tashqi ishlar vaziri, ta’lim vaziri va boshqa 5 ta vazirda koronavirus aniqlangandi. Mamlakat bo’ylab 12 kishi koronavirusdan vafot etdi.

Senegalda koronavirus bilan kasallanganlar soni 115 kishiga yetdi. 27 kishi sog’ayib ketganligi ma’lum qilindi.

Nigeriyada koronavirus bilan bog’liq ilk holat aniqlandi.

Misrda esa, qurbonlar soni 40 kishiga yetdi, kasallanganlar soni 609 kishini tashkil qilmoqda.

Tunisda koronavirus qurbonlari soni 8 kishiga yetdi, kasallanganlar soni 312 kishini tashkil qilmoqda.

Iordaniya sog’liqni saqlash vaziri Saad Jabir ma’lum qilishicha, mamlakatda 3 nafar bemor koronavirusdan vafot etgan, yana 13 kishiga koronavirus tashxisi qo’yilgan. Shu bilan infektsiya yuqtirib olganlar soni 259 kishiga yetgan. 18 kishi sog’ayib ketgan.


Tanlangan kalimalar: #koronavirus , #dunyo

Aloqador xabarlar