Xitoyning Uxan shahrida poyezd halokati ro'y berdi

Mahalliy manbalardan olingan ma’lumotga ko’ra, fojiada yaralangan 20 yo’lovchidan 3 nafari og'ir ahvolda.

1387603
Xitoyning Uxan shahrida poyezd halokati ro'y berdi

 

Xitoyning Uxan shahrida yo’lovchi poyezdi halokatga uchradi. Fojiada 20 yo’lovchi jarohatlandi.

Bu hodisa Chenzhou shahriga qarashli Yongxing tumanida sodir bo’lgan. Yo’lovchi poyezdi temir yo’lidan chiqib ketgan.

Mahalliy manbalardan olingan ma’lumotga ko’ra, fojiada yaralangan 20 yo’lovchidan 3 nafari og'ir ahvolda.

Tergov hisobotiga ko’ra, bir necha kundan buyon davom etayotgan kuchli yog’ingarchilik ushbu halokatning ro’y berishiga sabab bo’lgan.

Hududda ko’chki yuzaga kelganligini ko’rgan poyezd haydovchisi darhol tormozni bosgan, biroq bu poyezdni to’xtatish uchun yetarli bo’lmagan. Poyezdning 5 ta vagoni yo’ldan chiqib ketgan va ba’zi vagonlarda yong’in kelib chiqqan.


Tanlangan kalimalar: #poyezd halokati , #Uxan , #Xitoy

Aloqador xabarlar