Shimoliy Koreya 2 ta ballistik raketani sinovdan o'tkazdi

Xabarga ko’ra, raketalar maksimal 50 km balandlikda 410 km masofa bosib o‘tgach, Yapon dengiziga tushgan.

1387586
Shimoliy Koreya 2 ta ballistik raketani sinovdan o'tkazdi

 

Shimoliy Koreya kecha, 29 mart kuni Yapon dengizi tomon kichik masofalarga mo‘ljallangan 2 ta ballistik raketani uchirganligi ma’lum bo’ldi.

Bu haqda Yonxap xabar agentligi xabar berdi.

Xabarga ko’ra, raketalar maksimal 50 km balandlikda 410 km masofa bosib o‘tgach, Yapon dengiziga tushgan.

Janubiy Koreya harbiy bosh shtabi kotibi Kim Joon-Rak ma’lum qilishicha, uchirilgan raketalar 2019 yil avgust oyida uchirilgan keng masofali raketa tizimining yana bir versiyasi hisoblanadi. Bu Shimoliy Koreya namoyish qilgan raketa sinovi tasvirlarida tasdiqlangan.

Janubiy Koreya koronavirus epidemiyasi tarqalgan bir vaqtda raketa sinovlari o‘tkazishga qaror qilgan Shimoliy Koreyaning ushbu “noo‘rin” harakatlarini qoralab, “darhol ularni to‘xtatishni” talab qilgan.    

Eslatma: Shimoliy Koreya oxirgi marta 21 mart kuni raketa sinovlarini o‘tkazgan edi.


Tanlangan kalimalar: #raketa sinovi , #Shimoliy Koreya

Aloqador xabarlar