Dunyoda koronavirus qurbonlarining umumiy soni 30 000dan oshdi

Rossiyada koronavirusdan vafot etganlar soni 7 kishiga yetdi. Infektsiya bilan kasallanganlar soni 1264 kishini tashkil qilmoqda.

1386928
Dunyoda koronavirus qurbonlarining umumiy soni 30 000dan oshdi

 

 

Butun dunyo bo’ylab yangi turdagi (Kovid-19) koronavirus qurbonlarining umumiy soni 30 000dan oshdi.

Qatarda koronavirus bilan bog’liq ilk o’lim holati qayd etildi, infektsiya bilan kasallanganlar soni 590 kishini tashkil qilmoqda. 45 kishi sog’ayib ketganligi ma’lum qilindi.

Rossiyada koronavirusdan vafot etganlar soni 7 kishiga yetdi. Infektsiya bilan kasallanganlar soni 1264 kishini tashkil qilmoqda. Kasallanish holatlari mamlakatning 62 ta hududida qayd etilgan.

Rossiya hukumati 30 martdan boshlab Rossiyaning Belarus bilan hamda boshqa chegaralari orqali avtotransport, temir yo‘l va boshqa o‘tish joylarida transport harakatini cheklash to’g’risida qaror qabul qildi.

Isroilda koronavirus qurbonlari soni 12 kishiga yetdi. 3619 kishiga Kovid-19 tashxisi qo’yilgan. Mamlakat bosh vaziri Binyamin Netanyahu koronavirus epidemiyasi tufayli Germaniyadan tibbiy nafas olish apparati talab qilganligi, biroq Germaniya kantsleri Angela Merkel bu talabni rad etganligi ilgari surildi.

Moldovada 2 kishi koronavirus qurboniga aylandi. Mamlakatda kasallanganlar soni 231 kishini tashkil qilmoqda.

Iroqda koronavirusdan vafot etganlar soni 43 kishiga yetdi. Mamlakat bo’ylab infektsiyaga chalinganlar soni 506 nafarni tashkil qilmoqda. Ular orasida savdo vaziri Muhammad Xoshim al-Oniyning maslahatchisi ham bor.

Tunisda koronavirus tufayli hayotdan ko’z yumganlar soni 8 kishiga yetdi. Infektsiya bilan kasallanganlar soni esa 227 kishini tashkil qilmoqda.

Jazoirda 29 kishi koronavirus qurboniga aylandi. Kasallanganlar soni 454 kishiga yetdi.

Liviya milliy kelishuv hukumati mamlakat bo’ylab koronavirus bilan bog’liq 3 holat aniqlanganligini ma’lum qildi.


Tanlangan kalimalar: #Qatar , #Rossiya , #koronavirus

Aloqador xabarlar