Eronda dezinfeksiyalovchi tozalik ashyolaridan zaharlangan 3 kishi vafot etdi

"So'ngi kunlarda koronavirusga qarshi chora-tadbirlar doirasida ko'p ishlatilayotgan tozalik kukunlari bilan dezinfeksiyalovchi tozalik ashyolarining aralashtirilishi natijasida zaharlanish holatlari kuzatilmoqda. Bu xavotirlanarli",-deydi mutahassislar.

1384537
Eronda dezinfeksiyalovchi tozalik ashyolaridan zaharlangan 3 kishi vafot etdi

 

 

Eronda dezinfeksiyalovchi tozalik ashyolari aralashtirilgan holda yopiq joyda qo'llanilishi tufayli zaharlangan 3 kishi hayotdan ko'z yumdi.

Bu haqda Shahrikurd Tibbiyot universiteti rektori Majid Shironiy ma'lum qildi.

"So'ngi kunlarda koronavirusga qarshi chora-tadbirlar doirasida ko'p ishlatilayotgan tozalik kukunlari bilan dezinfeksiyalovchi tozalik ashyolarining aralashtirilishi natijasida zaharlanish holatlari kuzatilmoqda. Bu kabi qorishimlarning Chaharmahal-Bahtiyoriy viloyatida yopiq joyda qo'llanilishi oqibatida 3 kishi hayotdan ko'z yumdi",-deb ma'lum qiladi Majid Shironiy.

Ta'kidlanishicha, viloyatda tozalik mahsulotlaridan o'pka zaharlanish holati kuzatilmoqda va bu xavotirlarga sabab bo'lmoqda.

Ma'lumot uchun: Eronda koronavirusdan himoyalanish maqsadida qalbaki spirtli ichimliklardan zaharlanganlar soni 1000dan oshdi, vafot etganlar soni esa, 219 kishiga yetdi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #dezinfeksiya , #koronavirus , #Eron

Aloqador xabarlar